24.04.2026 16:24
#Jarayon

Talabalar Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar


Filialda nazariy bilimlarni bevosita amaliyot bilan bog‘lashga alohida e’tibor qaratilmoqda. "Baliq va asalari kasalliklari hamda operativ xirurgiya" fani doirasida talabalarning soha faoliyati bilan yaqindan tanishishlari maqsadida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif tashkil etildi.

"Hayvonlar yuqumli va parazitar kasalliklar" kafedrasi assistentlari F.B. Kamolov, M.A.Aslonova hamda "Hayvonlar morfofiziologiyasi va yuqumsiz kasalliklar" kafedrasi assistenti D.X.Djabborova rahbarligida o‘tkazildi. Unda Veterinariya-sanitariya ekspertizasi yo‘nalishi (24-09-guruh) va Veterinariya meditsinasi yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi.


Tashrif davomida talabalar institut laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy texnologiyalar va baliqlarda uchraydigan kasalliklarni tashxislash jarayonlari bilan batafsil tanishdi.

Bizni kuzatib boring Web site Facebook* Instagram*
7 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

VETLEGNEWS

5.4K
Ветеринария медицинаси ва чорвачиликка оид янгиликлар ва бошқа маълумотлар ҳақида Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш Давлат қўмитасининг "VETLEGNEWS" расмий каналида танишиб боринг.

Савол ва мурожаатлар юбориш учун
👉 @vetlegnewsbot
Открыть в Telegram