23.04.2026 15:36
#Jarayon

Veterinariya meditsinasi fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

Filialning Veterinariya meditsinasi fakultetida maktab bitiruvchilari va akademik litsey o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni veterinariya kasbiga qiziqtirish, fakultetdagi ta’lim jarayonlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida kelgan mehmonlar fakultetning zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, vivariy (hayvonlar saqlanadigan joy), o‘quv muzeylari va axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdilar.


Shuningdek, uchrashuvda abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan qabul jarayonlari, imtiyozlar va talabalar hayoti haqidagi savollariga javob oldilar. Tadbir yakunida yoshlar uchun qiziqarli amaliy mashg‘ulotlar va hayvonlarni ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari namoyish etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz


Bizni kuzatib boring Web site Facebook* Instagram*
13 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

VETLEGNEWS

5.4K
Ветеринария медицинаси ва чорвачиликка оид янгиликлар ва бошқа маълумотлар ҳақида Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш Давлат қўмитасининг "VETLEGNEWS" расмий каналида танишиб боринг.

Савол ва мурожаатлар юбориш учун
👉 @vetlegnewsbot
Открыть в Telegram