XALQARO VETERINARIYA KUNI — IJODIY CHALLENGE
Hurmatli talabalar, ustozlar va murabbiylar!
26-aprel — Xalqaro veterinariya kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tomonidan
“Veterinariya kasbi” shiori ostida keng qamrovli #roliklar_chellenj e’lon qilinadi.
Bu — sizning kasbingizga bo‘lgan mehringizni, bilim va ijodingizni namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat.
Ishtirok etish tartibi:
Tayyorlangan ishlarni 25-aprelga qadar @rrasilbek manziliga yuboring.
Umumiy talablar:
Videorolik — 90 soniyagacha
Yuqori sifatli tasvir
Hajmi — 50 MB gacha
Mazmun — veterinariya yo‘nalishiga mos
Eng yaxshi ishtirokchilar universitet rektori tomonidan munosib taqdirlanadi!
Chellenj yo‘nalishlari:
#1 | Eng qiziqarli surat (hayvonlar bilan)
Hayvonlar bilan samimiy, quvnoq va unutilmas lahzalarni ulashing
(qisqa tavsif bilan)
#2 | Eng yaxshi davolash jarayoni surati
Kasbingizga bo‘lgan mehr va mas’uliyatni aks ettiring
(amaliyot yoki klinikadan)
#3 | “Nega veterinariyani tanladim?” video
Orzularingiz, motivatsiyangiz va maqsadlaringizni ifodalang
(90 soniyagacha)
#4 | Eng yaxshi infografika
Veterinar kasbining ahamiyatini kreativ tarzda yoritib bering
(PDF / PNG / JPG)
#5 | Eng yaxshi taqdimot
Bilimlaringizni zamonaviy va ta’sirli uslubda taqdim eting
(PowerPoint / Google Slides va boshqalar)
O‘zingizni namoyon eting va boshqalarga ilhom bering.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Bizni kuzatib boring Web site ✅Facebook* Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram