22.04.2026 16:44
#Xalqaro_hamkorlik

Xitoy bilan hamkorlikda hayvonlar kasalliklariga qarshi preparatlar ishlab chiqariladi

 Joriy yilning 22-aprel kuni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbariyati tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining hayvonlar kasalliklariga qarshi preparatlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hayvonlar kasalliklariga qarshi veterinariya preparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma investitsion loyihani amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishda kadrlarni tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti bazasida dastlabki pilot loyihani amalga oshirish hamda keyinchalik yirik ishlab chiqarish kompleksini tashkil etishga kelishib oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz


Bizni kuzatib boring Web site Facebook* Instagram*
22 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

VETLEGNEWS

5.4K
Ветеринария медицинаси ва чорвачиликка оид янгиликлар ва бошқа маълумотлар ҳақида Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш Давлат қўмитасининг "VETLEGNEWS" расмий каналида танишиб боринг.

Савол ва мурожаатлар юбориш учун
👉 @vetlegnewsbot
Открыть в Telegram