UrDPI • УрГПИ • UrSPI
@UrDPI_UZ
#Qabul_2026 | #Texnikum_suhbat
Urganch davlat pedagogika institutida texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun Urganch davlat pedagogika institutida texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.
Talabgorlar belgilangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha soha mutaxassislaridan iborat komissiya ishtirokida suhbatdan o‘tmoqda. Jarayon davomida ularning tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, kasbiy tayyorgarligi hamda sohaga oid tushunchalari belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
Sayt TelegramFacebook* Instagram* YouTube
❤ 1
21 2.3K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram