avatar
UrDPI • УрГПИ • UrSPI
@UrDPI_UZ
10.08.2026 12:11
#Taʼlim_sifati | #Ish_beruvchilar_soʻrovnomasi

Ta’lim sifati bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmonida ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholash, ularning zamonaviy mehnat bozori talablariga muvofiqligini o‘rganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch tumanidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Urganch davlat pedagogika instituti talabasining kasbiy faoliyati yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazildi.

So‘rovnoma davomida ish beruvchi hamda mazkur ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan talaba bilan suhbat o‘tkazilib, uning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, ta’lim jarayonida egallagan bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llay olish darajasi, shuningdek, ish beruvchining fikr-mulohazalari o‘rganildi.

Mazkur jarayon ta’lim sifati va kadrlar tayyorlash samaradorligini baholash, bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini aniqlash hamda ta’lim jarayonini mehnat bozori talablariga yanada moslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
Sayt TelegramFacebook* Instagram* YouTube
4
👍 1
👏 1
5 2.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

UrDPI • УрГПИ • UrSPI

5.6K
UrDPI rasmiy sahifalari

🌐Veb-sayt: www.urspi.uz
Facebook*: www.facebook*.com/profile.php?id=100086658245368
Instagram*: www.instagram*.com/urspi.uz/?next=%2F
Youtube: www.youtube.com/@urganchdavlatpedagogikains1620/videos
Telefon raqami: +998622291840
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram