avatar
UrDPI • УрГПИ • UrSPI
@UrDPI_UZ
10.08.2026 12:10
#Taʼlim_sifati | #Ish_beruvchilar_soʻrovnomasi

Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi

Urganch davlat pedagogika instituti mas’ullari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi mas’ul xodimi Raxmatjon Ro‘zmetov rahbarligida Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda qatnashdilar.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Unda ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholash, ularning zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligini o‘rganish, ish beruvchilarning fikr-mulohazalarini aniqlash hamda so‘rovnomani belgilangan tartibda va sifatli tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, so‘rovnomani o‘tkazish jarayonida oliy ta’lim muassasalari mas’ullarining vazifalari, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda olingan natijalarni tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
SaytTelegramFacebook*Instagram*YouTube
👍 2
1
👏 1
4 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

UrDPI • УрГПИ • UrSPI

5.6K
UrDPI rasmiy sahifalari

🌐Veb-sayt: www.urspi.uz
Facebook*: www.facebook*.com/profile.php?id=100086658245368
Instagram*: www.instagram*.com/urspi.uz/?next=%2F
Youtube: www.youtube.com/@urganchdavlatpedagogikains1620/videos
Telefon raqami: +998622291840
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram