UrDU • УрГУ • UrSU
@URDU_PRESSA
#Qabul_2026 | #Texnikum_suhbat
Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlarining ikkinchi kuni o'tkazilmoqda
Ayni paytda Urganch davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Talabgorlar belgilangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha soha mutaxassislaridan iborat komissiya ishtirokida suhbatdan o‘tmoqda. Jarayon davomida ularning tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, kasbiy tayyorgarligi hamda sohaga oid tushunchalari belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda.
Shuningdek, suhbat jarayonlarining ochiq, shaffof va xolis tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilib, talabgorlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Ma'lumot o'rnida, joriy yilgi qabul jarayonida universitetning 13 ta ta’lim yo‘nalishiga 400 nafarga yaqin texnikum bitiruvchisi ariza bilan murojaat qilgan.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook*|Instagram*| Ln | YouTube
❤ 5
👍 3
🔥 2
🥰 1
💯 1
11 2.5K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram