avatar
UrDU • УрГУ • UrSU
@URDU_PRESSA
вчера, 05:09

#Qabul_2026 | #Texnikum_suhbat

Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlarining ikkinchi kuni o'tkazilmoqda

Ayni paytda Urganch davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Talabgorlar belgilangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha soha mutaxassislaridan iborat komissiya ishtirokida suhbatdan o‘tmoqda. Jarayon davomida ularning tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, kasbiy tayyorgarligi hamda sohaga oid tushunchalari belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda.

Shuningdek, suhbat jarayonlarining ochiq, shaffof va xolis tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilib, talabgorlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Ma'lumot o'rnida, joriy yilgi qabul jarayonida universitetning 13 ta ta’lim yo‘nalishiga 400 nafarga yaqin texnikum bitiruvchisi ariza bilan murojaat qilgan.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook*|Instagram*Ln | YouTube
5
👍 3
🔥 2
🥰 1
💯 1
11 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
UrDU • УрГУ • UrSU
Переслано от Yoshlar.edu.uz
вчера, 05:01
#Eʼlon #Tanlov

Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi.

Eslatib otamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:
Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.
📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi.

📋 Tanlov nizomi

📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.

Bizni kuzating:

emojiInstagram* | YouTube | emojiTelegram
8
👍 2
🔥 1
22 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
UrDU • УрГУ • UrSU
@URDU_PRESSA
10.08.2026 14:07
#QovunSayli2026 | #Tafsilot

Bir jamoa, bir maqsad, bir yutuq!
 
7-9 avgust kunlari Xivaning Ichan qal’a majmuasida an’anaviy “Qovun sayli – 2026” festivali bo'lib o'tdi. Unda Urganch davlat universiteti pavilyonida olimlarning ilmiy izlanishlari va amaliy tadqiqotlari asosida qovunni qayta ishlash orqali yaratilgan 100 dan ortiq turdagi noyob va innovatsion mahsulotlar, ijodiy ishlanmalar hamda turli ko‘rgazma ekspozitsiyalari namoyish etildi.
 
Mazkur yirik madaniy tadbirning taqdirlash marosimida universitet jamoasining mehnati e’tirof etilib, viloyat hokimligi tomonidan 3-o’ringa munosib topildi va Damas avtomobili sovg’a qilindi.
 
Ushbu yutuq universitet jamoasining hamjihatligi, faolligi va ijodkorligining munosib e’tirofidir.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook*|Instagram*Ln | YouTube
👏 17
7
🕊 5
🔥 3
👍 1
🥰 1
18 4.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
UrDU • УрГУ • UrSU
Переслано от Edu.uz
10.08.2026 13:41
👍 5
👏 2
1
1 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

UrDU • УрГУ • UrSU

13.4K
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi

🌐Veb-sayt: www.urdu.uz
Facebook*: facebook*.com/urduuz
Instagram*: instagram*.com/urdumatbuotxizmati
Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram