avatar
TerDPI rasmiy telegram sahifasi
Переслано от Ta'lim nazorati
01.06.2026 10:29
#Qabul2026
 
🎥 "Davlat oliy va kasbiy ta'lim tashkilotlariga o'qishga kirish uchun onlayn ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma" tayyorlandi.
 
Mazkur videoqo‘llanmada:
 
onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi;
hujjatlarni onlayn to‘g‘ri rasmiylashtirish;
tizimdan foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar batafsil tushuntirilgan.
 
Eslatib o‘tamiz, qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich:

Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot universitetiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.


2️⃣ Ikkinchi bosqich:

Abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.


emoji @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
👍 1
2 276
avatar
TerDPI rasmiy telegram sahifasi
Переслано от Edu.uz
01.06.2026 09:43
⚡️Akademik litseylarga qabul kvotalari


2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar qabul parametrlari ta’lim yo‘nalishlari kesimida.

Unga ko‘ra, 69 ta akademik litseyga jami 14 898 ta kvota ajratildi.

Shundan:

o‘zbek tili — 12 116 ta;
rus tili — 2 340 ta;
qoraqalpoq tili — 442 ta;

Hujjatlar 10-iyundan boshlab my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

Eslatma: Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈

#Qabul2026 #AkademikLitsey

Bizni kuzating

Facebook*
| Instagram* | YouTube | Telegram
KVOTA_2026_AL.pdf
956.76 КБ
3
408
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TerDPI rasmiy telegram sahifasi
Переслано от Edu.uz
01.06.2026 09:43
#Qabul2026 #Kvota #AkademikLitsey #IxtisoslashtirilganMaktablar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi burug‘i imzolandi.
 
Unga ko‘ra, 2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul parametrlari tasdiqlandi.
 
Shuningdek, akademik litseylar va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida joriy yil 1-iyundan 7–9 nafar a’zodan iborat tarkibda Maslahat kengashlari tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
1 398
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TerDPI rasmiy telegram sahifasi
@TerDPI
01.06.2026 08:19


Institutimizda 2026-2027-o'quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovi uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Prezident stipendiyasi faqat a'lo baholarga ega bitiruvchi bosqich talabalariga, nomli davlat stipendiyalariga esa bakalavriat bosqichi oxirgi 2 bosqichida tahsil olayotgan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyatda faol ishtirok etayotgan talabalar uchun ajratiladi.

Talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi asosan “a’lo” bo‘lishi, “yaxshi” baholari esa umumiy fanlarning 25 foizidan oshmasligi lozim.

Hujjatlar joriy yilning 1-iyun sanasidan 15-iyun sanasiga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan qabul qilinadi.

Nomzodlarning yig'ma jildlarida quyidagi hujjatlar bo'lishi talab etiladi:
- transkript nusxasi;
- dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
- ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
- rahbarning fikr-mulohazalari;
- ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
- ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari;
- erishgan yutuqlari;
- xorijiy til bilish sertifikati (mavjud bo'lsa).

Eslatma: 15-iyun sanasiga qadar institut imtihonlari tugamagan, sertifikat natijalari e'lon qilinmagan talaba va magistrlarga transkript va sertifikatlarini hujjatlar yig'ma jildiga qo'shish uchun qo'shimcha muddat beriladi.

Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari nizomi

Murojaat uchun: @zuxriddin_jumayev

  TerDPI matbuot xizmati

Facebook* Veb sayt  Youtube Instagram*   Telegram
2
👍 1
44 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TerDPI rasmiy telegram sahifasi
@TerDPI
01.06.2026 07:25
#Jarayon

Salomatlik sari 10000 qadam: Termizda sog‘lom turmush targ‘iboti bo'lib o'tda
.

“Salomatlik marafoni” ommaviy tadbirlari doirasida bugun, 1-iyun kuni erta tongdan Termiz shahridagi “Surxon Arena” sport majmuasidan “Salomatlik sari besh ming qadam” yurish marafonidan videolavha.

  TerDPI matbuot xizmati

Facebook* Veb sayt  Youtube Instagram*   Telegram
2
3 820
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TerDPI rasmiy telegram sahifasi
@TerDPI
01.06.2026 07:16
🌿 Tillar fakultetida talaba-yoshlarning ma’naviy-psixologik holatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar muntazam davom ettirilmoqda.

🏛 O‘quv yili davomida “Mehr impulsi” loyihasi doirasida talabalar bilan psixologik profilaktika va suhbatlar tashkil etilib, ularning stressli vaziyatlari hamda ruhiy holatlari tahlil qilindi.

🧠 Mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning emotsional barqarorligini mustahkamlash, ijobiy fikrlashni shakllantirish va ichki motivatsiyasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Interaktiv usullar asosida o‘tkazilgan suhbat va treninglarda talabalar o‘z fikrlarini erkin bayon etib, psixologik tavsiya hamda foydali ko‘rsatmalar oldilar.

📌 Amalga oshirilgan ushbu tadbirlar talabalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.


  TerDPI matbuot xizmati

Facebook* Veb sayt  Youtube Instagram*   Telegram
1 683
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TerDPI rasmiy telegram sahifasi
@TerDPI
01.06.2026 04:27
#Jarayon

Salomatlik sari 10000 qadam: Termizda sog‘lom turmush targ‘iboti bo'lib o'tda
.

“Salomatlik marafoni” ommaviy tadbirlari doirasida bugun, 1-iyun kuni erta tongdan Termiz shahridagi “Surxon Arena” sport majmuasidan “Salomatlik sari besh ming qadam” yurish marafonidan fotolavhalar.

  TerDPI matbuot xizmati

Facebook* Veb sayt  Youtube Instagram*   Telegram
🔥 2
👏 1
7 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

TerDPI rasmiy telegram sahifasi

7.8K
Termiz davlat pedagogika institutining ilmiy-tahliliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy telegram kanaliga xush kelibsiz!
https://t.me/Azizbek_Xasanov_Baxtiyarovich

https://instagram*.com/terdpi_rasmiy

Murojaat bot: https://t.me/TerDPI_rektoriga_murojaat_bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram