avatar
TerDPI rasmiy telegram sahifasi
@TerDPI
01.06.2026 08:19


Institutimizda 2026-2027-o'quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovi uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Prezident stipendiyasi faqat a'lo baholarga ega bitiruvchi bosqich talabalariga, nomli davlat stipendiyalariga esa bakalavriat bosqichi oxirgi 2 bosqichida tahsil olayotgan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyatda faol ishtirok etayotgan talabalar uchun ajratiladi.

Talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi asosan “a’lo” bo‘lishi, “yaxshi” baholari esa umumiy fanlarning 25 foizidan oshmasligi lozim.

Hujjatlar joriy yilning 1-iyun sanasidan 15-iyun sanasiga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan qabul qilinadi.

Nomzodlarning yig'ma jildlarida quyidagi hujjatlar bo'lishi talab etiladi:
- transkript nusxasi;
- dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
- ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
- rahbarning fikr-mulohazalari;
- ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
- ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari;
- erishgan yutuqlari;
- xorijiy til bilish sertifikati (mavjud bo'lsa).

Eslatma: 15-iyun sanasiga qadar institut imtihonlari tugamagan, sertifikat natijalari e'lon qilinmagan talaba va magistrlarga transkript va sertifikatlarini hujjatlar yig'ma jildiga qo'shish uchun qo'shimcha muddat beriladi.

Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari nizomi

Murojaat uchun: @zuxriddin_jumayev

  TerDPI matbuot xizmati

Facebook* Veb sayt  Youtube Instagram*   Telegram
2
👍 1
44 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

TerDPI rasmiy telegram sahifasi

7.8K
Termiz davlat pedagogika institutining ilmiy-tahliliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy telegram kanaliga xush kelibsiz!
https://t.me/Azizbek_Xasanov_Baxtiyarovich

https://instagram*.com/terdpi_rasmiy

Murojaat bot: https://t.me/TerDPI_rektoriga_murojaat_bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram