🌿 Tillar fakultetida talaba-yoshlarning ma’naviy-psixologik holatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar muntazam davom ettirilmoqda.
🏛 O‘quv yili davomida “Mehr impulsi” loyihasi doirasida talabalar bilan psixologik profilaktika va suhbatlar tashkil etilib, ularning stressli vaziyatlari hamda ruhiy holatlari tahlil qilindi.
🧠 Mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning emotsional barqarorligini mustahkamlash, ijobiy fikrlashni shakllantirish va ichki motivatsiyasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Interaktiv usullar asosida o‘tkazilgan suhbat va treninglarda talabalar o‘z fikrlarini erkin bayon etib, psixologik tavsiya hamda foydali ko‘rsatmalar oldilar.
📌 Amalga oshirilgan ushbu tadbirlar talabalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram