#soʻragan_edingiz
❓ Qaysi magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabulda SAT sertifikati inobatga olinadi?
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ayrim magistratura mutaxassisliklariga
qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishda
“College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan
Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati qo‘llaniladi.
📐
Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
▪️ Matematika;
▪️ Matematik iqtisodiyot;
▪️ Aktuar va moliyaviy matematika;
▪️ Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika).
🇬🇧
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisligi:
▪️ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.
📚
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
▪️ Lingvistika: ingliz tili;
▪️ Adabiyotshunoslik: ingliz tili.
🗣
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
▪️ Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili;
▪️ Sinxron tarjima: ingliz tili.
Bizni kuzating
Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram