Hurmatli Prezident!
Mamlakatimiz taraqqiyotini ilm-fan, taʼlim va inson kapitali bilan bogʻlagan yuksak ishonchingiz bugun Yangi Oʻzbekistonning mustahkam kelajagini barpo etmoqda. Yoshlarning bilim olishi, ilm bilan shugʻullanishi va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar har birimizga yuksak masʼuliyat va ilhom bagʻishlaydi.
Sizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka, xalqimiz farovonligi hamda Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlidagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!
Bizni kuzating
Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Odam savdosi - inson qadr-qimmatiga qarshi eng og'ir jinoyatlardan biridir.
Aldov va yolg'on va'dalarga ishonish hayotni izdan chiqarishi mumkin. Bugun ogoh bo'lish - davr talabi. Yurtimizda halol mehnat qilish, ta'lim olish va o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Begona va shubhali takliflarga aldanmang.
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
#PresidentUZ #MillatOtasi #LeaderOfUzbekistan
🇺🇿
24-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud ayyomi!
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
keng koʻlamli islohotlar tashabbuskori,
Yangi Oʻzbekiston bunyodkori va xalqimiz farovonligi yoʻlida
fidokorona xizmat qilib kelayotgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi nomidan hurmatli Prezidentimizni tavallud ayyomi bilan
samimiy muborakbod etamiz.
Yurtboshimizga
mustahkam sogʻlik,
uzoq umr,
cheksiz kuch-gʻayrat, masʼuliyatli va sharafli davlat faoliyatlarida
ulkan muvaffaqiyatlar, yurtimiz ravnaqi hamda xalqimiz farovonligi yoʻlidagi ezgu ishlarida
yangi zafarlar tilaymiz.
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident!
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
SUN’IY INTELLEKT MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI!
Tashkent International University sun’iy intellekt sohasida bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan talabalarni
12 haftalik intensiv ta’lim dasturiga taklif etadi.
Dastur 100% grant asosida — mutlaqo bepul!
Asosiy yo‘nalishlar:
Microsoft Azure AI Fundamentals
Generative AI va Prompt Engineering
MLOps
AI Convergence va zamonaviy AI yechimlari
Dastur ishtirokchilariga:
12 haftalik intensiv va amaliy ta’lim
Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan darslar
Microsoft Azure AI-900 xalqaro imtihonida qatnashish imkoniyati
Xalqaro va universitet sertifikatlari
Eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar uchun maxsus sovrinlar
Eng faol bitiruvchilar uchun pullik amaliyot imkoniyati
Dastur Koreya Respublikasining
KOICA tashkiloti ko‘magida,
Tashkent International University va
Cheju Halla University hamkorligida amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: https://koica-tiu-azure.halla.ai/register
Bizni kuzating
Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Odam savdosi - orzularni emas, inson taqdirini o'g'irlaydi.
Hech qachon yolg'on va'dalarga ishonmang. Ogoh bo'ling, o'zingizni va yaqinlaringizni asrang. Ogohlik - davr talabi, beparvolik esa og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
🏃♂️
“TALABA – YUGUR” SPORT MUSOBAQASI
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Talabalar sporti assotsiatsiyasi va hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan
“Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasining kuzgi mavsumi tashkil etilmoqda.
Sana: 22-sentabr
Joy: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri
Musobaqada viloyatdagi:
oliy va professional ta’lim muassasalari talaba-yoshlari
professor-o‘qituvchilar
umumta’lim maktablari o‘quvchilari
sport ishqibozlari ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish:
Havola
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
📄 Transkript nima va u qachon kerak bo'ladi?
Transkript - talabaning o'qish davomida o'zlashtirgan fanlari, kreditlari va baholari aks etgan rasmiy hujjat.
Quyidagi holatlarda talab qilinishi mumkin:
akademik mobillik;
o'qishni ko'chirish;
xorijiy universitetlarga hujjat topshirish;
magistratura va grant dasturlarida ishtirok etish.
Transkript HEMIS shaxsiy kabineti orqali yuklab olinadi.
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
ABITURIYENT VA TALABALAR UCHUN MAXSUS IMKONIYAT!
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining
“Hayot faoliyati xavfsizligi” hamda
“Atrof-muhit muhandisligi” ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oling va
haydovchilik kurslari uchun
maxsus imtiyozlarga ega bo‘ling!
Talabalar uchun:
Malakali professor-o‘qituvchilar;
Zamonaviy auditoriya va laboratoriyalar;
Sport inshootlari;
Axborot-resurs markazlari.
Universitetning
“Atrof-muhit muhandisligi va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi hamda
“Surxon avtohavaskor” MCHJ o‘rtasida
hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Haydovchilik kurslari uchun
maxsus narxlar:
B toifa —
4 500 000 so‘m (asl narxi 5 500 000 so‘m)
BC toifa —
5 500 000 so‘m (asl narxi 6 500 000 so‘m)
🎯
Qo‘shimcha afzalliklar:
Zamonaviy avtomobillarda amaliy mashg‘ulotlar;
Malakali instruktorlar;
To‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati.
Ma’lumot uchun:
📱 +998 94 200 24 24
📱 +998 97 797 12 12
📱 +998 99 352 20 20
(Universitetdan mas'ul Sh.Abdullayev)
Kelajak sari ishonchli qadamni biz bilan boshlang!
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida “Cyber University” davlat universiteti faoliyati bilan tanishib, Kelajak texnologiyalari markazi va boshqa obyektlar qurilishiga
start berdi.
Bizni kuzating
Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Dunyo innovatsiyasi
MIT olimlari havoda uchib, suv ostiga sho‘ng‘iy oladigan robot yaratdi
Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) va Shveytsariyaning EPFL universiteti muhandislari qushlardan ilhomlanib,
havoda uchadigan, suv ostiga sho‘ng‘iydigan va yana suvdan havoga ko‘tarila oladigan yangi robotni ishlab chiqdi.
Robotning og‘irligi atigi 300 gramm.
U Atlantika puffini (dengiz qushi) harakatidan ilhomlanib yaratilgan.
Qurilma havo va suv muhitida birdek harakatlana oladi.
Ushbu texnologiya kelajakda okeanlarni tadqiq qilish, ekologik monitoring va qutqaruv operatsiyalarida qo‘llanilishi mumkin.
Olimlarning ta'kidlashicha, bu ishlanma havo va suv muhitida harakatlana oladigan robotlar yaratish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
#OAV_biz_haqimizda
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Janubiy operativ qoʻmondonlik fakulteti oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida harbiy xizmatchilar uchun robototexnika va sunʼiy intellekt yoʻnalishlarida mahorat mashgʻulotlari o'tkazilmoqda.
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida
2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun
ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjatlar qabuli boshlandi.
Quyidagi ta’lim shakllarida hujjatlar qabul qilinmoqda:
Kunduzgi ta’lim shakli:
Iqtisodiyot
Buxgalteriya hisobi
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Konchilik ishi
Neft va gaz ishi
Geodeziya va geoinformatika
Kadastr
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi
Yo‘l muhandisligi
Kechki ta’lim shakli:
Iqtisodiyot
Buxgalteriya hisobi
Energetika muhandisligi
Masofaviy ta’lim shakli:
Iqtisodiyot
Buxgalteriya hisobi
Nomzodlar
10-avgustga qadar (shu kuni ham) Vazirlikning
my.edu.uz platformasi orqali
onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar universitet
Qabul komissiyasi qarori hamda
suhbat va imtihon natijalariga ko‘ra tegishli ta’lim yo‘nalishining
2-kursidan o‘qishni davom ettiradilar.
Murojaat uchun telefonlar:
☎️ (76) 221-94-03
☎️ (76) 221-95-63
☎️ (76) 221-94-26
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
“Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi o'qituvchisi
Toxirov Nurbek Xolmirzayevich Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi
Ilmiy kengashda o‘z nomzodini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Hamkasbimiz
“Trikotaj matolari uchun iplarning deformatsion xossalarini inobatga olgan holda loyihalashning nazariy va amaliy tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiya ishini
“ To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo‘yicha yoqlab,
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq ko‘rildi.
✨ Universitet jamoasi nomidan
Nurbek Xolmirzayevichni ushbu yutug‘i bilan muborakbod etamiz!
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
HEMIS tizimida GPA reytingingizni onlayn kuzatib boring!
Ushbu bo‘limda nimalarni ko‘rish mumkin?
GPA balli: Joriy semestr yoki o‘quv yili davomida to‘plagan umumiy o‘rtacha balingiz.
Reyting darajalari: O‘z o‘rningizni nafaqat
guruhda, balki quyidagi kesimlarda ham solishtirib ko‘rishingiz mumkin:
▪️
Guruh reytingi;
▪️
Kurs reytingi;
▪️
Yo‘nalish reytingi;
▪️
Fakultet reytingi;
▪️
Universitet miqyosidagi umumiy o‘rningiz.
❓
Nega bu talabalar uchun muhim?
Shaffoflik: Kim qanday o‘zlashtirayotgani va reytingda nechanchi o‘rinda ekanligi ochiq-oydin ko‘rinib turadi;
Motivatsiya: Yuqori o‘rinlarni egallash va grant o‘rinlarini saqlab qolish uchun o‘z natijalaringizni muntazam nazorat qilib borasiz.
Hoziroq
my.hemis.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingizga kiring va o‘z reytingingizni tekshirib ko‘ring!
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
#Kun_eslatmasi
Qachon gapirishni bilish — tarbiyadir.
Gapirayotgan kishini tinglash — axloqdir.
Gapirayotgan kishining gapini bo‘lmaslik — odobdir.
Gapirilayotgan so‘zning mazmunini anglash — hikmatdir.
Har bir aytilgan gapni darhol tasdiqlayvermaslik — zukkolikdir.
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Ustoz O‘g‘iloy Sultonova I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Bugun
Surxondaryo viloyatida ko‘p yillik samarali mehnati, jamiyat rivoji va yoshlar tarbiyasiga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh nuroniylar
I, II va III darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni hamda bir yo‘la to‘lanadigan
pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Mukofotlarni
“Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari
Sharof Ubaydullayev hamda Surxondaryo viloyati hokimi
Ulug‘bek Qosimov tantanali ravishda topshirdilar.
Quvonarlisi, mukofot sohiblari orasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professori, pedagogika fanlari doktori O‘g‘iloy Sultonova ham bor.
Ustozimizni ushbu
yuksak eʼtirof bilan samimiy
muborakbod etib, ilmiy-pedagogik faoliyati, yosh avlodni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lidagi
fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
tdmau.uz Telegram Instagram* Facebook* YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
#soʻragan_edingiz
❓ Qaysi magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabulda SAT sertifikati inobatga olinadi?
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ayrim magistratura mutaxassisliklariga
qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishda
“College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan
Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati qo‘llaniladi.
📐
Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
▪️ Matematika;
▪️ Matematik iqtisodiyot;
▪️ Aktuar va moliyaviy matematika;
▪️ Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika).
🇬🇧
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisligi:
▪️ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.
📚
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
▪️ Lingvistika: ingliz tili;
▪️ Adabiyotshunoslik: ingliz tili.
🗣
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
▪️ Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili;
▪️ Sinxron tarjima: ingliz tili.
Bizni kuzating
Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ