Savol: AQSHdan deportatsiya qilingan Oʻzbekiston fuqarolari boʻyicha maʼlumot bersangiz?
Javob: 2026-yil 1-may kuni AQShdan uchgan charter reys bilan mazkur davlat migratsiya qonunchiligini buzgan 26 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Toshkentga deportatsiya qilindi.
Yurtdoshlarimizning Vatanga qaytarilishi Oʻzbekiston va AQShning tegishli idoralari oʻrtasidagi muvofiqlashtirilgan hamkorlik natijasida amalga oshirildi. Ikki tomonlama aloqalar natijasida barcha tashkiliy va huquqiy jarayonlar, jumladan fuqarolarni aniqlash, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda xavfsiz transportirovka masalalari tezkorlik bilan kelishib olindi.
Oʻzbekiston xorijiy hamkorlar bilan migratsiya masalalarida, jumladan migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish hamda xorijdagi fuqarolar huquqlarini himoya qilish yoʻnalishlarida izchil hamkorlikni davom ettirmoqda.
***
Question: Could you provide information regarding Uzbek citizens deported from the United States?
Answer: On May 1, 2026, a charter flight from the United States arrived at Tashkent International Airport carrying 26 citizens of Uzbekistan who had been deported for violating U.S. immigration laws.
The return of our citizens was carried out through coordinated cooperation between the competent authorities of Uzbekistan and the United States. Within the framework of bilateral cooperation, all organizational and legal procedures, including identification of citizens, documentation, and safe transportation, were promptly agreed upon.
Uzbekistan continues consistent cooperation with international partners on migration issues, including the prevention of violations of migration legislation and the protection of the rights of Uzbek citizens abroad.
***
Вопрос: Просим предоставить информацию о гражданах Узбекистана, депортированных из США.
Ответ: 1 мая 2026 года в Международный аэропорт Ташкента прибыл чартерный рейс из США, на борту которого находились 26 граждан Узбекистана, депортированных за нарушение миграционного законодательства Соединённых Штатов.
Возвращение наших граждан на Родину стало результатом скоординированного взаимодействия компетентных органов Узбекистана и США. В рамках двустороннего сотрудничества все организационные и правовые процедуры, включая идентификацию граждан, оформление документов и обеспечение безопасной транспортировки, были оперативно согласованы.
Узбекистан продолжает последовательное сотрудничество с зарубежными партнёрами по вопросам миграции, включая предупреждение нарушений миграционного законодательства и защиту прав граждан Узбекистана за рубежом.
@tivmatbuot
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari va Telegram kanali ochildi.
Endi bu yerda Birinchi xonim faoliyati, safarlari, uchrashuvlari, muhim loyihalari va tashabbuslari haqidagi dolzarb yangiliklarni kuzatib borish mumkin.
Voqealardan xabardor bo‘lish uchun O‘zbekiston Birinchi xonimining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:
Telegram:
@Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram*:
instagram*.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook*:
facebook*.com/share/1AznLKkuSx
—
У Первой леди Республики Узбекистан, председателя Попечительского совета Международного общественного фонда «Zamin» Зироат Махмудовны Мирзиёевой появились официальные страницы в социальных сетях и канал в Telegram.
Теперь здесь можно следить за актуальными новостями о деятельности Первой леди, ее поездках, встречах, ключевых проектах и инициативах.
Чтобы быть в курсе событий, подписывайтесь на официальные страницы Первой леди Узбекистана:
Telegram:
@Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram*:
instagram*.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook*:
facebook*.com/share/1AznLKkuSx
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Soʻnggi paytlarda Telegram messenjeri orqali foydalanuvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati nomiga ochilgan soxta akkauntlardan “Yaqin vaqt ichida siz bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tergovchisi bogʻlanib, bir qator savollar beradi va muammo mohiyatini batafsil tushuntiradi. Iltimos, ushbu maʼlumot qatʼiy maxfiy hisoblanishini inobatga oling. Tekshiruv jarayoni va mazkur xabar mazmunini hech kimga oshkor etmang” mazmunidagi virusli xabarlar yuborilmoqda.
Shuni maʼlum qilamizki, bu kabi xabarnomalar yolgʻon hisoblanib, moliyaviy zarar yetkazish maqsadida kiberjinoyatchilar tomonidan amalga oshirilayotgan tuzoqdir.
Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati yurtdoshlarimizni bu kabi firibgarlikning yangi turlariga aldanmaslik va doimo ogoh boʻlishga chaqiradi.
@tivmatbuot
Kecha Prezidentimiz
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan situatsion-tahlil markazida “Aqlli tuman” platformasi qanday tashkil qilingani bilan tanishdi.
Bugun
barcha viloyat hokimlari mazkur tumanga o‘zi borib,
yangi tizim qanday ishlayotgani, mahallalar qiyofasi, qurilishlar qanday ketayotganini kelib ko‘rdi.
Endi bir haftada viloyat prokurorlari, ichki ishlar, xavfsizlik va soliq idoralari rahbarlari uchun
Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasini ommalashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Viloyat hokimlariga ikki oyda ushbu tajriba asosida
viloyat markazlari va yirik shaharlarda xuddi shunday situatsion-tahlil markazlarini ishga tushirish topshirildi.
Yig‘ilishda vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning hisobotlari tinglandi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Yurtimizda
xorijiy investitsiya ishtirokida 18 mingdan ortiq korxona faoliyat yurityapti.
Lekin
ishlab chiqarishi bor 526 ta korxona biror marta ham eksport qilmagan. Shu bilan birga, yana
767 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faqat chetdan tovar olib kelib, sotish bilan shug‘ullanyapti.
“Nega buni aytyapman? Bularning mablag‘i, tadbirkorlik ko‘nikmasi, ichki va tashqi bozorda hamkori, ko‘pchiligida brendi bor”,
– dedi Prezidentimiz.
Ushbu korxonalar bilan gaplashib, chetdan o‘z mahsulotini olib kelib sotayotganlariga
shu yerning o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi uchun loyihalar taklif qilish, ularni mahalliy tadbirkorlar bilan bog‘lab,
ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, mahsulotini ichki bozorda sotayotganlariga
eksportga chiqish uchun nima yordam kerakligini o‘rganish muhim ekani ta’kidlandi.
Mutasaddilarga bu borada
alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Joriy yilda
53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish maqsad qilingan.
“Qachonki rahbarlar birinchi qadamdan boshlab, to‘g‘ri loyiha tanlasa va shunga mos salohiyatli investor topsa, shunda investitsiyada sifat bo‘ladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Iqtisodiyotga katta samara beradigan loyiha, texnologik yechim bo‘yicha
eng to‘g‘ri variantlarni tanlashda, loyihani qaysi hududda joylashtirish, qaysi investor bilan ishlash afzalligini aniqlashda
sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish muhim.
Mutasaddilarga
sun’iy intellekt yordamida mavjud quvvatlar, ichki va tashqi bozordagi talabni o‘rganib, qayerda, qanday loyiha qilish bo‘yicha yechim beradigan platformani ishga tushirish topshirildi.
Investor va konsalting kompaniyalariga ushbu platformadan
“yagona darcha” tamoyili asosida foydalanish uchun sharoit yaratiladi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
“Takror aytaman, har bir yangi loyiha, har bir dollar sarmoya faqat va faqat qo‘shilgan qiymat, yuqori daromadli ish o‘rni va eksportni ko‘paytirishga xizmat qilishi kerak. Oddiy qilib aytganda, hamma rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shart”,
– dedi Prezidentimiz.
Investitsiya loyihalarini ishga tushirilganidan keyin monitoring qilish platformasi yaratilgan. Soliq, bojxona, bandlik, kadastr, kommunal idoralar axborot bazasiga integratsiya qilingan ushbu platforma
korxonalar faoliyatini 39 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil qilib bermoqda.
Masalan,
oxirgi uch yilda ishga tushgan 688 ta korxonadan 210 tasi quvvatidan to‘liq foydalanmayotgani aniqlangan. Oqibatda
33 trillion so‘mlik ishlab chiqarish boy berilgan, 23 ming ish o‘rni bo‘sh turibdi.
Bu
hokimlarning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatiga berilgan haqiqiy baho ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga
210 ta korxona kesimida “yo‘l xaritasi”ni tuzib, muammolar yechimi bo‘yicha aniq muddat va mas’ullarni belgilash topshirildi.
Hokimlarning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari ushbu korxonalarga borib, ular bilan yaqindan ishlaydi, qaysi korxonada nima ish qilganini platformaga kiritadi. Birinchi yarim yillik yakuni bilan
mazkur korxonalarni “oyoqqa turg‘azmasa”, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
O‘tgan yili
yashirin iqtisodiyot bo‘yicha alohida farmon imzolanib, bu masalaga qattiq kirishildi.
Lekin birinchi chorakda kuzatilmaydigan iqtisodiyot
Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazmda 40 foizdan, Andijon, Farg‘ona, Buxoroda 30 foizdan yuqori bo‘ldi.
Buxoro viloyatidagi holat tahlil qilinganda, o‘tgan yili
faoliyatini go‘yoki to‘xtatgan 900 dan ziyod korxona yanvar-fevral oylarida
1 million 300 ming kilovatt-soat elektr, 480 ming kub metr gaz ishlatgani aniqlandi. Shuningdek,
12,5 mingta transport vositasida yuklar norasmiy tashilgani oqibatida
40 milliard so‘m soliq tushumi boy berilgan. Birinchi chorakning o‘zida uy-joy narxini kamaytirib ko‘rsatish oqibatida
1 trillion 800 milliard so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan.
Viloyat prokurorlari, ichki ishlar va soliq boshqarmalariga
xufiyona iqtisodiyot bilan kurashishda ishni qanday tashkil qilish bo‘yicha aniq metodologiya qilib berildi. Endi barcha hududlarda
ishni shu tartibda tumanbay tashkil qilish topshirildi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Qaysi hokim
“Investorim, loyiham bor, sanoat zonasi uchun yer kerak” desa,
infratuzilmasi bilan hal qilib berilmoqda. Lekin
budjet hisobidan yo‘l, elektr, suv olib borilgan 226 ta sanoat zonasidagi 213 gektarda loyiha boshlanmagani tanqid qilindi.
Shu bilan birga,
27 ta sanoat zonasida loyihalar joylashtirilgani bilan infratuzilma bormagan.
Hokimlarga auksionda yer sotuvidan tushgan puldan
tadbirkorlik infratuzilmasiga sarflashga ruxsat berilgan. Mutasaddilarga ushbu mablag‘lar hisobidan
birinchi navbatda kommunikatsiya olib boriladigan sanoat zonalari ro‘yxatini shakllantirish va
ishni boshlash topshirildi.
Viloyat hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari oldiga
infratuzilma borgan sanoat zonalaridagi bo‘sh yerlarga joylashadigan loyihalar portfelini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
So‘nggi olti oyda
908 ta tadbirkor 3 milliard 600 million dollarlik shartnoma tuzib, hamkorlarda vaziyat o‘zgargani uchun
hali eksportni boshlay olmagani qayd etildi. Ayrim hokimlar
ularga yordam berish o‘rniga vaziyatni o‘z holiga tashlab qo‘ygani tanqid qilindi.
Oqibatda birinchi chorakda eksport
Norin, Kasbi, Sherobod, Yozyovon va Denovda 2 karradan ziyod kamaygan. Shahrisabz, Uchquduq, Parkent, Toshkent tumanlari, Jizzax, Navoiy, Namangan, Angren, Bekobod va Nurafshon shaharlarida esa
70 foizga ham yetmagan.
Ushbu tuman hokimlari
birinchi yarim yillikda o‘sishni ta’minlamasa, xulosa qattiq bo‘lishi qayd etildi.
Umuman, hozirgi sharoitda eksportchilarni
yangi bozor topish, aylanma mablag‘, sertifikat, logistika kabi masalalarini kompleks hal qilish bo‘yicha yagona yondashuv bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Bu borada
natijaga yo‘naltirilgan yaxlit tizim qilish yuzasidan taklif kiritish topshirildi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Ko‘p davlatlar mahsuloti raqobatdosh bo‘lishi uchun sanoat va servisda
“Kayzen”, “lean priduction” kabi resurs samaradorligi va mehnat unumdorligini oshiradigan progressiv usullarni qo‘llamoqda.
Mamlakatimizdagi
50 ga yaqin tadbirkorlar buni chet elda ko‘rib kelib, korxonasida joriy qilishni boshladi.
“Lekin, bu kam. To‘qimachilik, qurilish materiali, elektrotexnika, mebel kabi drayver sohalardagi uyushmalar nega buni ommalashtirishni o‘ylamaydi? Tadbirkorga tushuntirib, “diagnostika” xarajatining bir qismi qoplab berilsa, unumdorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratsa bo‘ladi-ku!”
– dedi Prezidentimiz.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bu yil
100 ta korxonada samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or dasturlarni joriy qilish, bunga
30 million dollar grant jalb qilish topshirildi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Yig‘ilishda
sanoat va eksport masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur, Sergeli tumanlari sanoat rejasiga chiqa olmagani tanqid qilindi.
Ushbu
13 ta tuman hokimiga rejaga qancha yetmaganiga qarab, intizomiy jazo chorasini ko‘rish topshirildi.
Ichki bozorda
mis taklifi ko‘paytirilgan bo‘lsa-da,
qayta ishlash oyiga 6 ming tonnadan oshmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda birinchi chorakda
elektrotexnika sohasida sanoat o‘sishi prognozdagi 11,2 foiz o‘rniga 7,8 foizga, eksport rejasi bor-yo‘g‘i 57 foizga bajarildi.
Elektrotexnika eksporti uchun
100 million dollar resurs berib,
aylanma mablag‘ga garovsiz kredit ajratish imkoniyati yaratildi. Lekin
birorta bank ushbu shartlarda kredit ajratmaganiga e’tiroz bildirildi.
Mutasaddilarga
ishlab chiqarishi, eksporti kamaygan har bir korxonaga borib, eksportini moliyalashtirish, investitsiya loyihasi bo‘yicha qanday masalasi bo‘lsa, joyida hal qilish topshirildi.
Umuman, ikkinchi chorak yakuni bilan sohada
ishlab chiqarishni 25 trillion so‘mga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Kartoshkaga bo‘lgan talabni qoplash uchun bu yilga reja qilingan
180 ming gektardan 118 ming gektariga urug‘lik ekildi.
Lekin
Qashqadaryoda bor-yo‘g‘i 41 foiz,
Surxondaryoda 44 foiz maydonda kartoshka ekilgan. Mart oyining o‘zida kartoshka Surxondaryoda
12,4 foizga, Qashqadaryoda
9 foizga qimmatlashgani ko‘rsatib o‘tildi.
Kartoshkachilikka ixtisoslashgan
Xo‘jaobod, Andijon, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Toshloq, Farg‘ona tumanlarida ham ishlar qoniqarsiz deb baholandi.
Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan viloyat hokimlarining
qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari va tuman hokimlarining mas’uliyati hamda javobgarligini oshirish topshirildi.
“Takror aytaman: mablag‘ bor, resurs bor. Go‘sht va kartoshkadan hech qanday masala bo‘lmasligi kerak”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Logistikadagi uzilishlar oqibatida birinchi chorakda
qoramol importi 2 karra kamaydi. Bunga tezkor yechim topilib,
samolyotda tashiladigan har bir naslli qoramol uchun 4 million so‘mgacha, go‘sht importida transport xarajatining yarmini qoplash yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, tadbirkorlarimiz uchun
muqobil transport koridorlarini ham ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu orqali ikkinchi chorakda
45 ming tonna, yil yakunigacha jami 130 ming tonna go‘sht importini ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Mutasaddilarga qayerda to‘siq bo‘lsa, qayerda yuk to‘xtab qolsa,
tadbirkorlar masala ko‘tarishini kutmasdan, onlayn monitoring orqali operativ yechim qilib berish topshirildi.
Hududlarda
478 ming gektarda ozuqa ekinlarini ekish rejalashtirilgan. Lekin
Namanganda ozuqa yerining 74 foiziga haligacha ekin ekilmagani, chorvada imkoniyat katta bo‘lgan
Zarbdor, Qiziltepa va Pop tumanlarida silos ekish boshlanmagani,
Amudaryo, G‘ijduvon, Xonqa va Bag‘dodda ham ishlar qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi. Viloyat hokimlariga
qoloqliklarni bartaraf etish topshirildi.
Yana
100 ming gektar ekin yerini yangi tizim asosida auksionga chiqarish belgilangan.
Har bir kun g‘animatligi, bu yerlarni tez-tez auksionga chiqarib, ekin ekish zarurligi qayd etildi.
Sanoat plantatsiyasi tashkil qiladigan tadbirkorlarga
katta imtiyoz va moliyaviy resurslar berilmoqda. Viloyat hokimlariga bu yil
kamida 5 tadan yirik sanoatlashgan meva-sabzavot plantatsiyasini namunali qilib tashkil etish topshirildi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
“Qancha harakat qilib, iqtisodiyotni o‘stirmaylik, agar inflyatsiya ham oshib boraversa, aholi va tadbirkorlar hayotida ijobiy o‘zgarish sezilmaydi. Chunki tovar, ish va xizmatlar narxining oshishi ko‘paygan daromadni qadrsizlantiradi”,
– dedi Prezidentimiz.
Yil boshidan
dunyoda neft narxi 40 foizga oshdi. Ro‘y berayotgan ziddiyatlar oqibatida
qulay logistika koridorlarini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mahalliy mahsulotlarning eksportida ham, asosiy iste’mol tovarlarining importida ham
tashish xarajatlarini 25-30 foizga oshirmoqda.
Inflyatsiya importi ichki narx-navoga 1 foizgacha qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirmoqda.
Shunday bo‘lsa-da, tashqi bosimni bahona qilib,
inflyatsiya bo‘yicha ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
"Barcha rahbarlar katta harflar bilan yozib olsin: inflyatsiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi o‘zimizniki”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Mutasaddilar va hokimlarga joriy yilda
inflyatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qolish uchun mahalliy mahsulotlar taklifini ko‘paytirib, narxini arzonlashtirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Birinchi chorakda O‘zbekistonga
3 millionga yaqin xorijiy sayyoh keldi,
turizm eksporti 1 milliard 103 million dollarni tashkil qildi.
Bunday yuqori natijalarga
“turistik relokatsiya” ham katta ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Chunki millionlab turistlar
tinch, xavfsiz va sinalgan yo‘nalishlarni qidirmoqda.
Shuncha tarixiy obidalarimiz bor bo‘lgan, dunyoda o‘xshashi yo‘q turistik maskanlar barpo etilayotgan paytda soha mutasaddilari, hokimlar
har bir sayyoh uchun kurashishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Hozirdan har
bir tumanning turistik jozibadorligini oshirish bo‘yicha kompleks takliflar to‘plamini tayyorlash topshirildi.
Umuman, bugungi sharoitda barcha rahbarlar
xatarlarni 2-3 xil ssenariy bo‘yicha oldindan baholab, asosiy rejalariga qo‘shimcha zaxira rejalarini ham tayyorlab qo‘yishi shartligi qayd etildi.
Viloyat, tuman hokimlari ishni mutlaqo yangicha tashkil qilishi: uch kunda yoniga
“aql markazi”, oliygoh professorlari, startapchi yoshlarni olib,
mehnat unumdorligi, tannarx, energiya samaradorlik, ish o‘rni, aholi daromadi bo‘yicha yangi yechimlar ustida qattiq izlanadi, bir haftada bu yil
qanday nostandart o‘zgarish qilishini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazishi belgilandi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Ayrim rahbarlar
tadbirkorning masalasini hal qilishi o‘rniga o‘zini chetga olayotgani, muammo respublika darajasiga chiqsa, aybini berkitish uchun o‘zini oqlab yurgani tanqid qilindi.
Masalan,
Nurafshon shahar hokimi byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmagan
tadbirkorga yordam berish o‘rniga qayerdan bu ma’lumot Prezident darajasigacha yetib borganini qidirish bilan ovora.
Yoki
G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l, Chinoz (Salixov) tumanlari hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasi uchun berilgan tayyor pulga haligacha loyiha boshlamagani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, biznes infratuzilmasini yaxshilash uchun ushbu tumanlarga bu yil respublikadan
qo‘shimcha 262 milliard so‘m berilgan.
Tegishli viloyatlar hokimlariga
nomi aytilgan tuman hokimlari “aravasini torta olmayotgan bo‘lsa”, bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Davlatimiz rahbari
energiya samaradorlik masalalariga alohida to‘xtaldi.
Elektr yo‘qotishi 20 foizdan ko‘p bo‘lgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi ahvol tanqid qilindi. Ularning
xulosa qilmagan rahbarlarini bugunoq ishdan olish, o‘rniga yosh kadrlarni qo‘yib, yo‘qotishlarni 2 karra kamaytirish bo‘yicha KPI belgilab berish zarurligi qayd etildi.
Bugungi kunda texnika oliygohlarida energetika yo‘nalishida
10 mingdan ziyod 3- va 4-kurs talabalari ta’lim olmoqda. Ularni
texnika xavfsizligiga o‘qitib, dual ta’lim asosida tumanga tushirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.
“Marhamat, ustozlari shogirdini tumanga olib borsin, ishni o‘rgatsin, yo‘qotishni kamaytirish bo‘yicha yaxshi yechimlar taklif qilsa, tejalgan mablag‘ni ustoz va talabaga bonus qilib beraylik”,
– dedi Prezidentimiz.
Umuman, tarmoq rahbarlari va hokimlar bu yil
5 milliard kilovatt elektr va 3,5 milliard kub metr gazni tejashi shartligi qayd etildi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Prezidentimiz kimda-kim
“Birinchi chorak ko‘rsatkichi yaxshi bo‘ldi, yil yakunigacha ham shunday davom etadi”, deb xotirjamlikka berilsa, xato qilishini qayd etdi.
“Takror aytyapman: global ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, yetakchilik uchun kurash avj olayotgan hozirgi sharoitda dunyo oldingidek “sokin” bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda barcha rahbarlar o‘zi odatlanib qolgan ish uslubi, yondashuvi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi zarur”,
– dedi Prezidentimiz.
Bu yil banklar orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga
140 trillion so‘m berilmoqda. Masalan, kichik biznesga berilgan
har 1 milliard so‘m kredit hisobiga
Shirin shahrida 20 ta, Uchquduqda 17 ta, Xonobod va
So‘xda 14 tadan, Tomdi tumanida 13 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.
Biroq
Uchko‘prik, Piskent, Bo‘stonliq, Karmana, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida
1 milliard so‘mlik kreditga o‘rtacha 3 ta ish o‘rni to‘g‘ri kelmoqda.
Agar hamma
tuman banklari kreditlarni eng samarali loyihalarga yo‘naltirganida, qo‘shimcha 36 ming yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lardi, norasmiy ishlayotgan yana 60 ming odamning daromadi “soya”dan chiqardi.
Shuning uchun
loyiha tanlashda, kredit resurslarini ishlatishda sun’iy intellekt kerak. Lekin viloyat, tuman bankirlarini
sun’iy intellektga o‘qitib, kredit resursini tumanga eng katta samara beradigan loyihalarga yo‘naltirishni o‘rgatish ishlari sustligi tanqid qilindi.
Soha mas’ullariga
tuman bankirlarini sun’iy intellektga o‘qitishni boshlash, banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish topshirildi. Bu platforma
tadbirkorlarga kredit olish uchun loyihaning parametri, risklari, bozordagi talabni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib, tayyor yechimlarni berishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
O‘tgan hafta
Xalqaro valyuta jamg‘armasi e’lon qilgan hisobotda yuqori iqtisodiy faollik orqali
O‘zbekiston kuchli va barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolayotgani qayd etildi.
Prezidentimiz yana bir ko‘rsatkichga e’tibor qaratdi: joriy yil yurtimiz nufuzli
“Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 pog‘ona yuqorilab,
ilk bor “iqtisodiyoti mo‘tadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi.
“Buning uchun qanday qiyin va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganimizni bilganlar biladi.
Umuman, yil boshidan erishilgan natijalar, ko‘rsatkichlar mehnatimizga yarasha bo‘ldi. Lekin ishlamay quruq oylik olib o‘tirganlar ham ishlaganlar bilan “bitta poyezdda ketyapti”.
Zamon, iqtisodiyot va odamlar talabi kun sayin ortmoqda. Yilning uchdan biri o‘tib bo‘ldi. Afsuski, ayrimlar hali ham “uyg‘ongani yo‘q”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook*|Instagram*|X
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ