avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
24.04.2026 10:45
Prezidentimiz kimda-kim “Birinchi chorak ko‘rsatkichi yaxshi bo‘ldi, yil yakunigacha ham shunday davom etadi”, deb xotirjamlikka berilsa, xato qilishini qayd etdi.

“Takror aytyapman: global ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, yetakchilik uchun kurash avj olayotgan hozirgi sharoitda dunyo oldingidek “sokin” bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda barcha rahbarlar o‘zi odatlanib qolgan ish uslubi, yondashuvi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi zarur”,

– dedi Prezidentimiz.

Bu yil banklar orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga 140 trillion so‘m berilmoqda. Masalan, kichik biznesga berilgan har 1 milliard so‘m kredit hisobiga Shirin shahrida 20 ta, Uchquduqda 17 ta, Xonobod va So‘xda 14 tadan, Tomdi tumanida 13 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

Biroq Uchko‘prik, Piskent, Bo‘stonliq, Karmana, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida 1 milliard so‘mlik kreditga o‘rtacha 3 ta ish o‘rni to‘g‘ri kelmoqda.

Agar hamma tuman banklari kreditlarni eng samarali loyihalarga yo‘naltirganida, qo‘shimcha 36 ming yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lardi, norasmiy ishlayotgan yana 60 ming odamning daromadi “soya”dan chiqardi.

Shuning uchun loyiha tanlashda, kredit resurslarini ishlatishda sun’iy intellekt kerak. Lekin viloyat, tuman bankirlarini sun’iy intellektga o‘qitib, kredit resursini tumanga eng katta samara beradigan loyihalarga yo‘naltirishni o‘rgatish ishlari sustligi tanqid qilindi.

Soha mas’ullariga tuman bankirlarini sun’iy intellektga o‘qitishni boshlash, banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish topshirildi. Bu platforma tadbirkorlarga kredit olish uchun loyihaning parametri, risklari, bozordagi talabni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib, tayyor yechimlarni berishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Facebook*|
Instagram*|X
497 129.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

148.2K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Facebook*: facebook*.com/PressSecretaryUZ

Instagram*: instagram*.com/press_secretary_uz

Х: x.com/Sherzod_Asadov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram