“Qancha harakat qilib, iqtisodiyotni o‘stirmaylik, agar inflyatsiya ham oshib boraversa, aholi va tadbirkorlar hayotida ijobiy o‘zgarish sezilmaydi. Chunki tovar, ish va xizmatlar narxining oshishi ko‘paygan daromadni qadrsizlantiradi”,
– dedi Prezidentimiz.
Yil boshidan
dunyoda neft narxi 40 foizga oshdi. Ro‘y berayotgan ziddiyatlar oqibatida
qulay logistika koridorlarini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mahalliy mahsulotlarning eksportida ham, asosiy iste’mol tovarlarining importida ham
tashish xarajatlarini 25-30 foizga oshirmoqda.
Inflyatsiya importi ichki narx-navoga 1 foizgacha qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirmoqda.
Shunday bo‘lsa-da, tashqi bosimni bahona qilib,
inflyatsiya bo‘yicha ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
"Barcha rahbarlar katta harflar bilan yozib olsin: inflyatsiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi o‘zimizniki”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Mutasaddilar va hokimlarga joriy yilda
inflyatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qolish uchun mahalliy mahsulotlar taklifini ko‘paytirib, narxini arzonlashtirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook*|Instagram*|X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram