AQShning Rod-Aylend shtati, Providens shahrida joylashgan Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan fojeali otishma oqibatida
o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqovning halok bo‘lgani munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Mazkur fojia natijasida begunoh insonlarning hayotdan ko‘z yumgani barchamiz uchun og‘ir yo‘qotishdir.
O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, AQShning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalar yuzasidan yaqindan ish olib bormoqda.
@TIVmatbuot
Обсуждение 53
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram