Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga nisbatan joriy yilning 28-iyunidan yanada keskin jazo choralari ko‘rishga oid qonunchilik normalari kuchga kirdi.
Endilikda bunday qilmishlar uchun ma’muriy jarimalar ikki baravar oshirildi. Bundan tashqari, huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu turdagi noqonuniy xatti-harakatlarni qilishda davom etgan shaxslar esa jinoiy javobgarlikka tortilib, ozodlikdan mahrum qilinishi nazarda tutilmoqda.
Bunday qonunlar aybdorlarni jazolash uchungina qabul qilinmaydi. Ular jamiyat qanday tartib va qadriyatlarni hamma uchun birdek majburiy deb hisoblashini ham namoyon etadi.
Barchamiz zo‘ravonlikka murosasiz munosabatda bo‘lsakkina, jamiyatimizda xavfsizlik hukm surishi mumkin. Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazoning kuchaytirilishi jamiyatda shu qonuniyatga bo‘ysunadigan sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Biz aynan shunday dunyoda yashashni va farzandlarimizni xuddi shu ruhda voyaga yetkazishni istaymiz. O‘zgalar hayotiga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bu borada asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida. Aynan ular ojizlarga ozor yetkazish mumkin emasligini, odam o‘z kuchini shafqatsizlik orqali namoyon etishi noto‘g‘ri ekanini farzandlariga o‘rgatadilar. Men ota-onalarni ushbu muhim haqiqatni doimo esda tutishga chaqiraman.
Videoda: Administratsiya “xodimlari” — Yalpiz va Darxon. Ularga mehrimiz bo‘lakcha.
—
С 28 июня этого года вступили в силу изменения в законодательстве, усиливающие ответственность за жестокое обращение с животными.
Теперь административные штрафы за такие действия увеличены в два раза. Кроме того, к правонарушителям может быть применён административный арест до 15 суток. В случае продолжения ими противоправных действий предусматривается уже уголовная ответственность вплоть до лишения свободы.
Подобные законы не только наказывают виновных. Они показывают, какие правила и ценности общество считает обязательными для всех.
Безопасность нашего общества напрямую зависит от нетерпимости к насилию. Ужесточение наказания за издевательства над животными помогает сформировать среду, где уважение к любой жизни — это абсолютная норма. Именно в таком мире хочется жить и растить своих детей.
А уважение к чужой жизни начинается с детства, и здесь главная роль принадлежит родителям. Именно они учат ребёнка тому, что слабого нельзя обижать, а силу нельзя доказывать жестокостью. Я призываю родителей никогда не забывать об этом.
На видео: наши «сотрудники» Администрации Ялпиз и Дархан. Мы их очень любим.
1.3K 1M
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram