avatar
Saida Mirziyoyeva
@SShMirziyoyeva
03.08.2026 06:30
Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga nisbatan joriy yilning 28-iyunidan yanada keskin jazo choralari ko‘rishga oid qonunchilik normalari kuchga kirdi.

Endilikda bunday qilmishlar uchun ma’muriy jarimalar ikki baravar oshirildi. Bundan tashqari, huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu turdagi noqonuniy xatti-harakatlarni qilishda davom etgan shaxslar esa jinoiy javobgarlikka tortilib, ozodlikdan mahrum qilinishi nazarda tutilmoqda.

Bunday qonunlar aybdorlarni jazolash uchungina qabul qilinmaydi. Ular jamiyat qanday tartib va qadriyatlarni hamma uchun birdek majburiy deb hisoblashini ham namoyon etadi.

Barchamiz zo‘ravonlikka murosasiz munosabatda bo‘lsakkina, jamiyatimizda xavfsizlik hukm surishi mumkin. Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazoning kuchaytirilishi jamiyatda shu qonuniyatga bo‘ysunadigan sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Biz aynan shunday dunyoda yashashni va farzandlarimizni xuddi shu ruhda voyaga yetkazishni istaymiz. O‘zgalar hayotiga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bu borada asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida. Aynan ular ojizlarga ozor yetkazish mumkin emasligini, odam o‘z kuchini shafqatsizlik orqali namoyon etishi noto‘g‘ri ekanini farzandlariga o‘rgatadilar. Men ota-onalarni ushbu muhim haqiqatni doimo esda tutishga chaqiraman.

Videoda: Administratsiya “xodimlari” — Yalpiz va Darxon. Ularga mehrimiz bo‘lakcha.



С 28 июня этого года вступили в силу изменения в законодательстве, усиливающие ответственность за жестокое обращение с животными.

Теперь административные штрафы за такие действия увеличены в два раза. Кроме того, к правонарушителям может быть применён административный арест до 15 суток. В случае продолжения ими противоправных действий предусматривается уже уголовная ответственность вплоть до лишения свободы.

Подобные законы не только наказывают виновных. Они показывают, какие правила и ценности общество считает обязательными для всех.

Безопасность нашего общества напрямую зависит от нетерпимости к насилию. Ужесточение наказания за издевательства над животными помогает сформировать среду, где уважение к любой жизни — это абсолютная норма. Именно в таком мире хочется жить и растить своих детей.

А уважение к чужой жизни начинается с детства, и здесь главная роль принадлежит родителям. Именно они учат ребёнка тому, что слабого нельзя обижать, а силу нельзя доказывать жестокостью. Я призываю родителей никогда не забывать об этом.

На видео: наши «сотрудники» Администрации Ялпиз и Дархан. Мы их очень любим.
1.3K 1M
avatar
Saida Mirziyoyeva
@SShMirziyoyeva
31.07.2026 07:30
Toshkent | 30.07.2026



Ташкент | 30.07.2026
2.6K 166.4K
avatar
Saida Mirziyoyeva
@SShMirziyoyeva
31.07.2026 06:21
Aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmagan, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarur.

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilibdi.

Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti.

Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi. Qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshirish shart. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi.



Городские пространства, отведённые под нужды людей, должны служить только своему назначению, а не использоваться под строительство офисов или жилых домов.

К примеру, мы посетили махаллю «Лолазор» в Мирабадском районе столицы. Здесь варварски были уничтожены деревья, посаженные жителями, а на месте детской площадки планировалось построить бизнес-центр.

Ташкентцы справедливо возмущаются строительными работами, которые уничтожают их родные дворы, игровые и спортивные площадки.

Генеральная прокуратура проведёт инвентаризацию подобных объектов по всему Ташкенту. Важно проверить законность выданных разрешений на строительство, соблюдение градостроительных норм и прав жителей. И если выявятся нарушения, ответственные должны понести наказание, вплоть до лишения свободы.
907 1.1M
avatar
Saida Mirziyoyeva
@SShMirziyoyeva
26.07.2026 13:21
Bugun Pusan shahrida o‘tkazilayotgan YUNЕSKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida mamlakatimiz uchun juda muhim voqea ro‘y berdi.

Toshkentning modernizm me’morchiligi obyektlari ushbu tashkilotning nufuzli Xalqaro ro‘yxatiga rasman kiritildi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi 25 yilda O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan milliy nominatsiya ilk bor shunday yuksak maqomga sazovor bo‘ldi.
 
Bu faqatgina bir nechta binoning emas, zilziladan keyingi Toshkentning qayta bunyod etilishi bilan bog‘liq butun bir davrning e’tirofidir. O‘sha yillari poytaxtimiz zamonaviy arxitektura, Markaziy Osiyo an’analari va o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini mujassam etgan butkul yangi va betakror qiyofa kasb etgan.
 
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi g‘alabasi – boy me’moriy merosimizni asrab-avaylash, kelajak avlodga bezavol yetkazish yo‘lidagi yana bir muhim qadam xayrli va bardavom bo‘lsin!



Сегодня в Пусане на 48-й сессии Комитета всемирного наследия ЮНЕСКО произошло важное для нашей страны событие.

Объекты модернистской архитектуры Ташкента официально внесены в престижный международный Список этой организации. За последние 25 лет данная национальная номинация от Узбекистана стала первой, получившей столь высокий статус.

Это признание ценности не только отдельных зданий, а целой эпохи, когда после землетрясения был создан новый облик Ташкента, сумевший объединить современную архитектуру, традиции Центральной Азии и особенности нашего климата.

Это большая победа для Узбекистана и важный шаг к сохранению нашего архитектурного наследия для будущих поколений.
474 1.1M
avatar
Saida Mirziyoyeva
@SShMirziyoyeva
25.07.2026 11:25
2025-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 25-iyulni Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni deb eʼlon qildi.

Sud tizimi xodimlari har kuni insonlar dardi, fojiaviy taqdirlar va murakkab hayotiy vaziyatlarga duch keladilar. Sudyalar inson taqdirini hal qiluvchi qarorlar qabul qiladilar va bu bilan yuksak maʼnaviy masʼuliyatni oʻz zimmalariga oladilar.

Sud qarorlarining adolatli boʻlishi odil sudlovga xizmat qilayotganlarning jismoniy, ruhiy va emotsional holatiga bevosita bogʻliqdir. Shu bois, adolatli, mustaqil va samarali odil sudlovning zarur shartlaridan biri sudyalar va sud tizimi xodimlari haqida gʻamxoʻrlik qilishdir.

Yangi Oʻzbekistonda inson qadri va qonun ustuvorligi oliy qadriyat hisoblangan sud tizimini izchil barpo etmoqdamiz.

Barcha sudyalar va sud tizimi xodimlariga mustahkam sogʻliq, iroda va qatʼiyat, adolat prinsiplariga doimo sodiqlik va oqilona qarorlar hamroh boʻlishini tilayman.



В 2025 году Организация Объединённых Наций объявила 25 июля Международным днём благополучия судей и работников судебной системы.

Работники судебной системы ежедневно сталкиваются с человеческой болью, трагедиями и сложными жизненными обстоятельствами. Каждый день судьи принимают решения, от которых зависят судьбы людей, и несут за них высокую моральную ответственность.

Справедливость судебных решений напрямую зависит от физического, психологического и эмоционального благополучия тех, кто служит правосудию. Поэтому забота о судьях и работниках судебной системы является необходимым условием справедливого, независимого и эффективного правосудия.

В Новом Узбекистане мы последовательно строим судебную систему, в центре которой находятся достоинство человека и верховенство закона.

Желаю всем судьям и работникам судебной системы крепкого здоровья, душевной стойкости, мудрости и неизменной приверженности принципам справедливости.
394 1.1M
avatar
Saida Mirziyoyeva
@SShMirziyoyeva
24.07.2026 13:02
Toshkent | 23.07.2026



Ташкент | 23.07.2026
540 82K

Saida Mirziyoyeva

61.7K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Открыть в Telegram