avatar
Saida Mirziyoyeva
@SShMirziyoyeva
24.04.2026 17:33
Bugun davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan Samarqand viloyatiga bordik.
Toyloq tumanidagi barcha mahallalar aholisi toza ichimlik suvidan bahramand bo‘la olishi uchun suv tarmoqlari qanday rekonstruksiya qilinayotgani va yangilanayotganini ko‘zdan kechirdik.
Urgut tumanida ham bo‘ldik. Bu yerda yangi turar joylar, tibbiyot muassasalari, maktab va bog‘chalar qurilyapti, borlari esa yangilanib, kengaytirilmoqda.

Fermerlar oilasi – Haydarovlar xonadonida mehmon bo‘ldik. Ularning tajribasini, shubhasiz, keng ommalashtirsa arziydi.
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra tubdan qayta qurilgan “Navoiy” oilaviy poliklinikasiga ham bordik. Bu yerdagi 16 ta qishloqning ayollariga xizmat ko‘rsatayotgan tug‘ruq bo‘limi eng zamonaviy talablarga javob beradi. Kuni kecha ushbu dargohda birinchi chaqaloq – Shavkatjon dunyoga keldi. Men buni boshlagan barcha ishlarimizning xayrli ekaniga bir ishora, deb bildim.

Ona-bolaga mustahkam sog‘lik tilaymiz. Yangi mehmonning tolei baland bo‘lsin!



Сегодня по поручению главы государства мы посетили Самарканд.
Осмотрели, как в Тайлакском районе реконструируются и обновляются сети водоснабжения, чтобы чистая питьевая вода была доступна жителям всех махаллей.
Также побывали в Ургутском районе: здесь появляются новые жилые кварталы и медицинские учреждения, строятся школы и детские сады, а действующие обновляются и расширяются.

Посетили семью фермеров Хайдаровых. Их опыт, безусловно, заслуживает широкого распространения.
Также побывали в семейной поликлинике «Навои», полностью заново отстроенной по поручению Президента. Её родильное отделение, обслуживающее женщин из 16 сёл, соответствует самым современным требованиям. На этой неделе здесь появился на свет первый малыш — Шавкатжон. Считаю, это добрый и светлый знак для всех наших начинаний.

Малышу и маме — здоровья и счастливой судьбы!
574 59.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Saida Mirziyoyeva

61.9K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Открыть в Telegram