avatar
Saida Mirziyoyeva
@SShMirziyoyeva
02.12.2025 23:59
Maxsus komissiya topshirig‘iga ko‘ra, ekologlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari har kecha reydlar o‘tkazib, ekologiyaga oid qonunchilikni buzayotganlarni aniqlamoqda. Barchamizni tashvishga solayotgan muammoni chuqurroq o‘rganish maqsadida bugun men ham ularga hamrohlik qildim. Biz Qibray tumanidagi issiqxonalardan biriga bordik. Ma’lum bo‘lishicha, bu issiqxonada kuniga 150 kilogrammga yaqin ko‘mir yoqilar ekan. Tabiiyki, bu atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazadi.

Tadbirkorlar o‘zining har bir harakati uchun javobgarlikni bo‘yniga olishi shart. Ekologiyaga yetkazilayotgan zararni moddiy manfaat, mo‘may daromad bilan oqlab bo‘lmaydi. Bunday ishlab chiqarishning iqtisodiy foydasi katta bo‘lishi mumkin, lekin aholi sog‘lig‘iga zarari undan-da ko‘proq tegadi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar o‘z faoliyatini qonuniy va xavfsiz yuritishlari uchun yordam ko‘rsatish zarur. Ekologiya qo‘mitasiga bir kun ichida ushbu issiqxonaga zamonaviy filtr o‘rnatish, shuningdek, tadbirkorlar uchun seminar-trening va filtrlar savdo-ko‘rgazmasini tashkil etish vazifasi topshirildi.



Экологи и сотрудники правоохранительных органов по поручению Спецкомиссии каждую ночь проводят рейды, выявляя нарушителей экологического законодательства. Сегодня я присоединилась к ним, чтобы глубже разобраться в проблеме, беспокоящей всех нас. Мы посетили одну из теплиц в Кибрайском районе. Выяснилось, что эта теплица каждый день сжигает около 150 килограммов угля. Естественно, это наносит большой ущерб окружающей среде.

Предприниматели должны нести ответственность за свои действия, и порчу экологии нельзя оправдывать прибылью. Ущерб здоровью населения от такого производства намного превышает получаемые экономические выгоды.

В тоже время важно помочь предпринимателям вести свою деятельность законно и безопасно. Комитету экологии было дано поручение в течение 1 дня установить на эту теплицу современный фильтр, а также провести для предпринимателей семинар-тренинг и ярмарку для закупки очистных приборов.
531 63.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Saida Mirziyoyeva

51.4K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Открыть в Telegram