Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi rahbarlari Toshkentda fuqarolarni sayyor qabul qildi
Davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida sud organlarining aholi bilan ochiq va bevosita muloqotini kuchaytirish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun
ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi raislari bilan bir qatorda
Toshkent shahar va Toshkent viloyati sudlari raislari o‘rinbosarlari, sudyalar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Murojaatchilar o‘zlarini qiynayotgan masalalarni bevosita sud organlari rahbariyati va mutasaddilariga bayon qilib, huquqiy yechim yuzasidan tushuntirishlar oldi.
Sayyor qabul davomida
854 ta ish bo‘yicha 1 279 nafar murojaatchi qabul qilindi. Shundan
403 ta ariza va shikoyat qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinib,
410 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.
Eng muhimi,
41 ta murojaat qabul jarayonining o‘zidayoq ijobiy hal etildi.
Bunday sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish, ularga qonuniy yechim topish hamda sud hokimiyati faoliyatining ochiqligi va aholi bilan bevosita muloqotini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
@Rasmiy_axborot_official17433
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram