08.08.2026 12:22
Toshkent viloyatida aviafalokat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

7-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroporti tashabbusi bilan O‘rta Chirchiq tumanida parvozlarni qidiruv-qutqaruv faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo kompleks o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, Istanbul–Toshkent yo‘nalishida parvoz qilayotgan yo‘lovchi samolyoti Toshkentga qo‘nishga yaqinlashgan vaqtda aloqa uzilib, aviafalokat yuz bergani simulyatsiya qilindi. Shundan so‘ng samolyotni qidirish, qutqaruv ishlarini tashkil etish va favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.


Mashg‘ulotlarga 250 ga yaqin mutaxassis va 25 ta maxsus texnika jalb etildi. Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Toshkent xalqaro aeroporti mutaxassislari hamkorligida:

yong‘inni o‘chirish;
yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish;
jabrlanganlarni holatiga qarab saralash;
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va shifoxonalarga yetkazish;
samolyot bortidagi xavfli yukni xavfsiz hududga olib chiqish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi.

Bunday kompleks mashg‘ulotlar aviafalokat yuz berganda turli idoralar va aeroport bo‘linmalarining tezkor hamda muvofiqlashtirilgan harakatini ta’minlash, xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi.
Mashg‘ulot yakunida idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilib, jalb etilgan kuch va vositalarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi yuqori baholandi.


@Rasmiy_axborot_official17433
👏 1
13 1.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Rasmiy axborot

25.3K
Ishonchli manbalardan – aniq, xolis va tekshirilgan axborot. Davlat va jamiyat hayotidagi muhim voqealarning rasmiy talqini.
Открыть в Telegram