08.08.2026 05:01
O‘zbekistonda Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi o‘z faoliyatini boshladi.

Kengashni tashkil etish tashabbusi 3-iyun kuni o‘tkazilgan “Loyihalar kuni” tadbirida ilgari surilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi blogerlarning kasbiy salohiyati va media savodxonligini oshirish, yosh blogerlarni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorli kontent yaratuvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat.

Kengashning ilk yig‘ilishida blogerlar, jurnalistlar, media ekspertlari va soha mutaxassislari ishtirok etib, uning faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Blogerlar ijodiy kengashi zamonaviy media makonida mas’uliyatli kontent yaratish, soha vakillarining professional rivojini qo‘llab-quvvatlash va ochiq muloqot uchun samarali maydon yaratishga xizmat qiladi.

@Rasmiy_axborot_official17433
👍 1
10 765

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Rasmiy axborot

25.3K
Ishonchli manbalardan – aniq, xolis va tekshirilgan axborot. Davlat va jamiyat hayotidagi muhim voqealarning rasmiy talqini.
Открыть в Telegram