08.08.2026 04:40
Joriy yilning 8 avgust (shanba) kuni Oliy sud raisi va o‘rinbosarlari, Sudyalar oliy kengashi raisi va o‘rinbosari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati sudlari raislari, o‘rinbosarlari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi (jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek ularning qonuniy vakillari) uchun prosessual xususiyatga ega murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sayyor qabul davomida sud hujjatlari ustidan keltirilgan prosessual shikoyatlar hamda sud organlari vakolatiga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.


Qabul soat 10:00da boshlanadi.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir temur shoh ko‘chasi, 107 uy, "O‘zekspomarkaz" MKK

Qabulga keluvchi shaxslardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta), vakillardan esa vakolatini tasdiqlovchi tegishli hujjat, shuningdek murojaat mazmuniga oid sud hujjatlari hamda boshqa tegishli materiallarni o‘zlari bilan olib kelishlari so‘raladi.

Murojaatlar qabul qilish va ko‘rib chiqish amaldagi qonunchilik talablari hamda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71 207-97-37.

@Rasmiy_axborot_official17433
2 618

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Rasmiy axborot

25.3K
Ishonchli manbalardan – aniq, xolis va tekshirilgan axborot. Davlat va jamiyat hayotidagi muhim voqealarning rasmiy talqini.
Открыть в Telegram