08.08.2026 04:25
Endi ulushli qurilishda fuqarolarning aldanib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Ko‘p kvartirali uylarni va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasiga ko‘ra:

🔹fuqarolarning pul mablag‘lari to‘g‘ridan to‘g‘ri quruvchi ixtiyorida emas, balki banklarda ochiladigan eskrou hisobvarag‘i orqali saqlanadi;

🔹qurilish belgilangan talablar asosida amalga oshirilib, obyekt foydalanishga topshirilganidan keyin mablag‘lar quruvchiga o‘tkaziladi;

🔹quruvchi (developer) faqat qonunda belgilangan talablarga javob bergan, Yagona axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan, vakolatli bank bilan bosh bitim tuzgan va loyiha deklaratsiyasini e’lon qilgan taqdirdagina aholi mablag‘larini jalb qilish huquqiga ega bo‘ladi;

🔹Ulushli ishtirok etish shartnomasi notarial tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi;

🔹quruvchi qonun talablariga zid ravishda fuqarolar mablag‘larini jalb qilgan taqdirda, ulushdor ushbu mablag‘larni qaytarishni va ulardan foydalanilganlik uchun foiz to‘lanishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi;

🔹zarur hollarda vakolatli bankni yoki quruvchini almashtirish, qurilishning uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy mexanizmlar yaratilmoqda;

🔹ulushli qurilishga oid ma’lumotlarning Yagona axborot tizimida joylashtirilishi ta’minlanadi. Bu fuqarolarga quruvchi, qurilish obyekti va loyihaning amalga oshirilishi haqidagi muhim ma’lumotlar bilan ochiq tanishish imkonini ta’minlaydi.

@Rasmiy_axborot_official17433
1
7 572

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Rasmiy axborot

25.3K
Ishonchli manbalardan – aniq, xolis va tekshirilgan axborot. Davlat va jamiyat hayotidagi muhim voqealarning rasmiy talqini.
Открыть в Telegram