OKMKda korrupsiyaga qarshi kurashda raqamli yechimlar muhokama qilindi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida
“Raqamli transformatsiya va innovatsiyalar: ishlab chiqarishda korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy yechimlari” mavzusida yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining ishlab chiqarishda shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishdagi o‘rni muhokama qilindi.
Shuningdek, Agentlik direktori Akmal Burxanov tomonidan kombinatda
“Korrupsiyasiz sanoat” loyihasini yo‘lga qo‘yish va yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan tanlovlarni
tashkil etish taklifi ilgari surildi.
Tadbir yakunida ISO 37001 xalqaro standarti bo‘yicha maxsus kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh kombinat xodimlariga sertifikatlar topshirildi.
@Rasmiy_axborot_official17433
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram