02.06.2026 05:04
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan madaniyat va san’at sohasi uchun e’lon qilingan soliq imtiyozlari

Konsert-tomosha, xususiy teatr, kinematografiya, bolalar kontenti faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar, madaniyat-san’at yo‘nalishidagi xususiy ta’lim tashkilotlari qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanma, yer, mulk va daromad soliqlaridan ozod qilinadi.

Tadbirkorlar, yirik kompaniyalarning adabiyot, madaniyat va san’atni rivojlantirish maqsadida yo‘naltirgan homiylik mablag‘lari ham soliqqa tortilmaydi.

Xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston hududida kino mahsulot yaratish bilan bog‘liq faoliyati soliqlardan ozod qilinadi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu misli ko‘rilmagan soliq imtiyozlari sohada sog‘lom raqobatni yuzaga keltiradi, xususiy sektor ulushini oshiradi va chiptalar narxi arzonlashishiga xizmat qiladi. Tejab qolingan mablag‘lar ijodkorlarning o‘zida qolishi hisobiga kontentlar sifati tubdan yaxshilanadi.


Shuningdek, homiylik loyihalarining soliqdan ozod etilishi mamlakatda yirik biznes tomonidan madaniyatni qo‘llab-quvvatlash (metsenatlik) tizimini rivojlantirsa, xorijiy kinokompaniyalarga berilgan yengilliklar O‘zbekistonni xalqaro kinoturizm markaziga aylantirishga xizmat qiladi.

@Rasmiy_axborot_official
4 546

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Rasmiy axborot

25.2K
Ishonchli manbalardan – aniq, xolis va tekshirilgan axborot. Davlat va jamiyat hayotidagi muhim voqealarning rasmiy talqini.
Открыть в Telegram