02.06.2026 03:59
Bobur yurti – Andijonda media nafasi

Andijon Media haftaligini iliq kutib oldi. Tadbirning ilk kunidayoq 120 nafardan ortiq media sohasi vakillarining jamlangani hududdagi jurnalistlar, blogerlar va axborot makoni vakillarining yangilik, tajriba va kasbiy rivojlanishga bo‘lgan yuksak qiziqishini yana bir bor namoyon etdi.

Televideniye xodimlari, bosma OAV vakillari, tasvirchilar, ijtimoiy tarmoq sahifalari yurituvchilari, montaj ustalari hamda kontent yaratuvchilar kun davomida o‘tkazilgan mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, zamonaviy media yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitdi.

Media haftalik davom etadi. Oldinda esa yanada dolzarb mavzular, amaliy treninglar va yangi imkoniyatlar kutmoqda.

@Rasmiy_axborot_official
🔥 1
8 1.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Rasmiy axborot

25.2K
Ishonchli manbalardan – aniq, xolis va tekshirilgan axborot. Davlat va jamiyat hayotidagi muhim voqealarning rasmiy talqini.
Открыть в Telegram