01.06.2026 18:29
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Venada BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) ijrochi direktori etib yangi tayinlangan Monika Juma bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning BMT GJB bilan hamkorligi, giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlar hamda 2026-yil aprel oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro forumdan keyingi amaliy ishlar yuzasidan fikr almashildi.

“Ayollar, bolalar va yoshlar himoyasiga bag‘ishlangan sayd-iventimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Monika Jumaga minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston ushbu tadbirni bugun BMT Jinoyatchilikning oldini olish komissiyasining 35-sessiyasi doirasida o‘tkazdi.

Biz BMT GJB bilan xavfsizlik, adolat va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyormiz”, —
deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Muloqot chog‘ida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, global tahdidlarga qarshi birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish hamda inson manfaatlarini ustuvor qo‘ygan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

@Rasmiy_axborot_official
👏 1
74 14.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Rasmiy axborot

25.2K
Ishonchli manbalardan – aniq, xolis va tekshirilgan axborot. Davlat va jamiyat hayotidagi muhim voqealarning rasmiy talqini.
Открыть в Telegram