Nurotadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida
317 nafar fuqaro parvarishlanmoqda. Ular uchun munosib hayot kechirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida turli to‘garaklar hamda mehnat terapiyasi
yo‘lga qo‘yilgan.
Ijtimoiy xodimlar tomonidan parvarishlanuvchilar va ularning yaqinlari o‘rtasida muntazam videomuloqotlar tashkil etilmoqda. Natijada 98 nafar parvarishlanuvchining oilaviy aloqalari tiklandi, 19 nafari esa oila bag‘riga qaytarildi.
Ayni paytda mustaqil hayot kechirish imkoniyati yuqori bo‘lgan 30 nafar parvarishlanuvchi alohida dastur asosida ijtimoiy hayotga tayyorlanmoqda.
Nurotadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi faoliyati haqidagi maxsus videorolikni o‘tkazib yubormang!
@Rasmiy_axborot_official
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram