01.06.2026 17:59
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriya Parlamentida Federal kengash Raisi Markus Shtotter hamda Milliy kengash Raisi Valter Rozenkrans bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlar chog‘ida O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, siyosiy muloqotni faollashtirish, ta’lim, madaniyat va iqtisodiyot sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashdik.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga, xususan, jamiyatni demokratlashtirish va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish borasidagi jarayonlarga alohida e’tibor qaratildi”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Uchrashuvlarda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini izchil kengaytirish muhim ekani qayd etildi.

@Rasmiy_axborot_official
👍 1
52 8.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Rasmiy axborot

25.2K
Ishonchli manbalardan – aniq, xolis va tekshirilgan axborot. Davlat va jamiyat hayotidagi muhim voqealarning rasmiy talqini.
Открыть в Telegram