So‘nggi to‘rt yilda auksionda sotilgan
11,5 ming gektar yerdan 3 ming gektarida qurilish boshlanmagan. Oqibatda
qo‘shimcha 100 ming ish o‘rni, 20-25 trillion so‘m qo‘shilgan qiymat yo‘qotilayotgani qayd etildi.
Auksionga chiqarilgan
582 gektar yer uchastkasi, 122 ta davlat obyekti bir yildan beri sotilmay turibdi.
Chunki xususiylashtirish dasturini qabul qilishda ham, obyektlarni sotishda ham
hokimlarning o‘rni bilinmayotgani, tadbirkorlarning fikri oldindan o‘rganilmayotgani qayd etildi. Aslida, har obyektni sotishda
hududga investitsiya, mahalla uchun ish o‘rni birinchi o‘rinda bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Endilikda
xususiylashtirish dasturiga obyektlarni kiritish, ularni sotish va investitsiya samaradorligi bo‘yicha hokimlar Davlat aktivlari agentligi bilan tengma-teng javob berishi belgilandi.
Xususiylashtirish doirasida
bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan obyektlar uchun qoldiq summaga har yili 14 foiz ustama hisoblash bekor qilinadi.
Facebook*|Instagram*|X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram