Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Respublika va viloyat studiyalaridan yig‘ilishda
500 dan ziyod developer, quruvchi, loyihachi, arxitektor va urbanistlar ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari barcha tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish bo‘yicha belgilab olingan katta marralarga erishishda
qurilish sohasining alohida o‘rni borligini ta’kidladi.
So‘nggi to‘qqiz yilda
10 mingga yaqin yangi qurilish korxonalari ish boshladi, aylanmasi
1 trillion so‘mdan oshgan 20 ta, 100 milliard so‘mdan o‘tgan 365 ta yirik kompaniyalar paydo bo‘ldi. Loyiha tashkilotlari
2 mingdan, ulardan xalqaro sertifikat olganlari
650 dan oshdi.
Qurilishda
ruxsat berish bosqichi 3 karra, muddati 4 karra qisqardi, 420 ta shaharsozlik norma va qoidalarini birlashtirish, eskilarini bekor qilish hisobiga
140 ta yangi shaharsozlik norma va qoidalari tasdiqlandi.
Mazkur ishlar natijasida o‘tgan davrda
210 million kvadrat metrli bino-inshoot, 647 ming xonadonli 15 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylar barpo etildi.
Qurilish ishlari hajmi 2016-yilda
30 trillion so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich
314 trillion so‘mga yetdi.
Bugun qurilish, qurilish materiallari va ularga yondosh sohalarda
3,5 million aholi band.
Facebook*|Instagram*|X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram