avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
07.04.2026 18:30
Adaptiv sport turlari bo‘yicha kadr tayyorlash va malakasini oshirish tizimi ham o‘zgaradi. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali inklyuziv sport bo‘yicha tayanch oliygohga aylanadi.

Sport vaziri A.Ikramov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyeva, Paralimpiya qo‘mitasi raisi M.Tashxojayevga tegishli qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Prezidentimiz bugun para sportchilarimiz erishayotgan natijalarda ularga tun-u kun hamrohlik qilayotgan fidoyi insonlarning hissasi katta ekanini ta‘kidladi.

Endilikda o‘quv-yig‘in mashg‘uloti, respublika va xalqaro musobaqalarda para sportchiga hamrohlik qilganlarga transport va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Ularga har oyda sport maktablari trenerlari oyligiga teng miqdorda maosh to‘lanadi.

Facebook*|
Instagram*|X
654 110.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

148.2K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Facebook*: facebook*.com/PressSecretaryUZ

Instagram*: instagram*.com/press_secretary_uz

Х: x.com/Sherzod_Asadov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram