avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
07.04.2026 18:20
Umuman, Sport vazirligi va hokimlar oldiga joriy yilda yangi tizim orqali sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar sonini 2 karra oshirib, 1 million nafarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Xuddi futboldagi kabi “Besh tashabbus” musobaqasi va sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar bo‘yicha ham shaffof, raqamlashgan tizim qilish zarurligi qayd etildi.

Mutasaddilarga sun’iy intellekt yordamida sportchi va murabbiylarning natijasini tahlil qilib, mashg‘ulotlar rejasini tuzadigan platforma yaratish topshirildi.

Sportdagi ilmiy ishlar bundan keyin faqat dolzarb muammolar yechimiga qaratilib, natijasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotga joriy qilinishi
zarurligi ta’kidlandi. Endilikda olimlarning ilmiy ishi natija bersa, sportchilarning yutuqlari ko‘paysa, xalqaro musobaqalarda medal olib kelsa, ushbu olimlarga 100 million so‘mdan mukofot beriladi.

Facebook*|
Instagram*|X
581 106.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

148.2K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Facebook*: facebook*.com/PressSecretaryUZ

Instagram*: instagram*.com/press_secretary_uz

Х: x.com/Sherzod_Asadov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram