“Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi”, “Bir ko‘chat – ming baraka”, “Farzand ko‘rsang, to‘y qilsang, daraxt ek”, deb bejiz aytilmagan.
Bunday hikmatli so‘zlarning ahamiyati hozir har qachongidan ham dolzarb bo‘lib borayotganini barchamiz kundalik hayotda his etib turib
miz”,
– dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari
mahalla raislari, otaxon va onaxonlarimiz, xotin-qizlar vakillari, barcha faollarga murojaat qilib, joylarda
milliy urf-odatlarimiz, an’ana va qadriyatlarimizni yanada kengroq targ‘ib qilishga, mahalla aholisini hamjihatlik va ahillik ruhida mana shunday
ezgu ishlarga chorlashga, klublar, jamoalar tashkil etib,
har bir ko‘cha, xonadon, yo‘l bo‘ylariga nihol va gullar, qir-adirlarga daraxt va butalar ekishda yoshlarga bosh bo‘lishga chaqirdi.
“Zero, yaxshi niyatda ekilgan har bir ko‘chat
bu – hayot, bu – toza havo, bu – sog‘lom muhit, bu – kelaj
ak
demak!
”
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook*|Instagram*|X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram