avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
21.03.2026 10:12
Prezidentimiz butun xalqimizga murojaat qildi:

“Azizlar, qarang, qanday go‘zal yurtimiz, qanday saxovatli zaminimiz, betakror tabiatimiz bor! Bu bebaho boyliklarni ming yillar osha asrab-avaylab kelayotgan mehnatkash, oq ko‘ngil va olijanob xalqimiz bor.

Xudo bizga ato etgan yer-suvimizni, barcha imkoniyatlarimizni qadrlab, ulardan oqilona foydalansak, bir boyligimizga, albatta, o‘n boylik qo‘shiladi.

Shu bois, azaliy an’analarimizni davom ettirib, ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik, uyimiz, mahallamizni obod qilib, hayotimizni yanada go‘zal va farovon etaylik!

Yaxshi qo‘shnichilik, ahillik bilan, ezgu va savob ishlarimiz bilan bag‘rikeng el, o‘z mashaqqatli mehnatimiz bilan baxt va obro‘ topayotgan xalq ekanimizni dunyoga namoyon etaylik!

O‘g‘il-qizlarimiz zamonaviy bilim, til va kasblarni egallab, barkamol avlod bo‘lib safimizga kirsin!

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi tarix, yangi kelaja
k
yarataylik!”.

Davlatimiz rahbari so‘zining yakunida yana bir bor Navro‘zi olam bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Facebook*
|Instagram*|X
435 202.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

148.2K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Facebook*: facebook*.com/PressSecretaryUZ

Instagram*: instagram*.com/press_secretary_uz

Х: x.com/Sherzod_Asadov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram