Ming yillar davomida xalqlar o‘rtasida ma’naviy ko‘prik bo‘lib kelayotgan
Navro‘zning tinchlik, do‘stlik va hamkorlik g‘oyalari bugungi notinch zamonda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtimizda yashayotgan
130 dan ortiq millat va elat vakillari bu bayramni bir bo‘lib, shod-u xurramlik bilan nishonlamoqda. Mana shunday
ahillik va totuvlik Yangi O‘zbekistonimizni birgalikda barpo etishning eng ishonchli kafolatidir.
“Biz jamiyatimizda millatlar va dinlararo hamjihatlikni bundan buyon ham mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Bu borada qo‘shni va qardosh mamlakatlar bilan birga yagona Markaziy Osiyo ovozi bo‘lib, mintaqamizning tinchlik, birodarlik va hamkorlik makoni sifatidagi nufuzini oshirishga ustuvor ahamiyat qar
atamiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari tadbirda ishtirok etayotgan
xorijiy davlatlarning elchilarini, xalqaro tashkilotlar vakillarini Xalqaro Navro‘z kuni bilan samimiy qutlab, ularning o‘lkalari va xalqlariga qizg‘in tabriklarini yo‘lladi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram