“Bugun bahorni sog‘ingan yuraklarimiz yangi kun, yangi hayot shukuhi bilan yashamoqda.
Osmondan obirahmat yog‘ilib, daryo va ko‘llarimiz suvga to‘lmoqda. Bog‘larimiz, qir va adirlarimiz o‘t-o‘lanlar bilan qoplanib, yilimiz barakali bo‘lishidan darak bermoqda.
Shahar va qishloqlarimiz, vodiy va vohalarimizda sayil-tomoshalar boshlanmoqda.
Yangilanish fasli bo‘lgan Navro‘z kunlarida xalqimizning umummilliy birdamligi, bunyodkorlik salohiyati yanada yaqqol namoyo
n bo‘lmoqda”,
– dedi Prezidentimiz.
Navro‘z qadriyatlariga sodiq bo‘lib,
millati, tili, dinidan qat’i nazar, har bir yurtdoshimizni, butun el-yurtimizni rozi qilish yo‘lidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yilgi bayramni
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir”, degan da’vatkor g‘oya asosida o‘tkazilayotgani ham buning yana bir tasdig‘idir.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram