Prezidentimiz so‘zining yakunida yana bir muhim masalaga to‘xtaldi.
Shu haftada
muborak Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami keng nishonlanadi.
Viloyat rahbariyatiga
har bir mahalla, ko‘cha va jamoat joylarida obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish,
ehtiyojmand oilalar, nuroniylar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bozorlar va yirik savdo markazlarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkasini tashkil qilish, umuman,
odamlar bayramni ko‘tarinki kayfiyatda, tinch va osoyishta muhitda qarshi olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish topshirildi.
Prezidentimiz fursatdan foydalanib,
butun Samarqand ahlini muborak ayyomlar bilan tabriklab, barchaga sihat-salomatlik, kelgusi ishlarida kuch-quvvat tiladi.
Yig‘ilishda viloyat va tuman hokimlari, boshqa mutasaddilarning hisobotlari tinglandi, Samarqand ahli bilan muloqot qilindi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram