Samarqandlik tadbirkorlar intensiv baliq yetishtirib, hosildorlikni 4-5 karra oshirish uchun
panel o‘rnatish xarajatini qisman qoplash va kafolatli suv bilan ta’minlashni so‘ragan.
Bu taklif qo‘llab-quvvatlanib, joriy yil
1-maydan boshlab quyosh panellari uchun 16 foizli kredit ajratilishi belgilandi.
Panelni o‘z mablag‘idan o‘rnatganlarga 25 foiz xarajati qoplab beriladi.
O‘tgan yili respublikada
88 ming gektarda kartoshka yetishtirishga 400 milliard so‘m berilgan. Lekin joylarda ish to‘g‘ri tashkil qilinmagani uchun
48 ming gektarda kartoshka ekilmasdan qolgan. Berilgan
mablag‘ning 25 foizi ishlatildi, xolos.
Joriy yilda
135 ming gektar, xususan, Samarqandda 22 ming gektarda kartoshka ekish reja qilingan. Mutasaddilar bu yil
rejadagi har bir qarich yerga kartoshka o‘z vaqtida ekilishi shartligi haqida ogohlantirildi.
Jumladan,
Misrdan 250 ming dona kartoshka mini tuganagi olib kelinib,
Bulung‘ur tumanida ko‘paytirish boshlanadi.
Gollandiyadan 6 ming tonna urug‘lik kartoshka olib kelinib,
fermerlarga ustamasiz yetkazib beriladi.
Shu o‘rinda
Oqdaryo tumanida 10 million dona kartoshka mini tuganaklari chiqarish quvvatiga ega in-vitro laboratoriyasi ishga tushgani ta’kidlandi. U yerda tayyorlangan
40 ming tonna super elita urug‘ini dehqonlarga bepul tarqatish topshirildi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram