Aholi chorvani uyda boqib, bahor-yoz faslida dalaga olib chiqishga o‘rgangan. Lekin
chorvani o‘tlatadigan joy kamayib ketayotgani qayd etildi.
Shu bois,
viloyatning 4 ta tumanida jami 43 ming gektarda jamoat yaylovlari tashkil etiladi va
mahallalarga 30 yilga bepul ijaraga beriladi.
Yaylovlarda
quduq qazib, suv chiqarish, urug‘ ekish va degradatsiyadan chiqarish xarajatlariga 50 milliard so‘m ajratish topshirildi.
Chorva naslchiligi uchun laboratoriya uskunasi va naslli qoramol sotib olishga 10 yilga 12 foizli kredit beriladi.
Samarqand azal-azaldan
parrandachilik bo‘yicha yetakchi hududlardan hisoblanadi. Endi
parranda genetikasi maktabini yaratish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish kerakligi ta’kidlandi.
Bu borada
Bulung‘ur tumanida 50 million dollarlik go‘sht yo‘nalishidagi naslchilik korxonasi ishga tushiriladi.
Qo‘shrabotda 20 million dollarlik tuxum yo‘nalishidagi naslchilik korxonasining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram