“Ko‘rib turibsizlar, dunyodagi notinchliklar tufayli logistika zanjirlarining uzilishi, neft narxi va transport xarajatining oshishi oziq-ovqat narxlariga ta’sir qilishi tabiiy.
Shu bilan birga, 100 millionga yaqin turist sayohat uchun tinch va xavfsiz mamlakatlarni qidirmoqda.
Bu sharoitda oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, turizm va servisdagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish hokimlarning asosiy vazifasi bo‘lishi
kerak”,
– dedi Prezidentimiz.
Bu boradagi vazifalar belgilab berildi.
Viloyatdagi
250 ming gektar yaylov uzoq yillar foydalanib kelgan chorvadorlarni o‘ziga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berildi. Viloyatda
yana 52 ming gektar yerdan foydalanayotgan 150 nafar chorvador, 1 ming boshdan naslli qo‘y-echki boqish istagini bildirgan yuzlab tadbirkorlar bor.
Shu bois,
yaylov yerlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish muddati yana bir yilga uzaytirilishi belgilandi. Endilikda
yaylov ijarasidan tushgan mablag‘ to‘lig‘icha yaylov xo‘jaliklarining o‘zida qoladi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram