Prezidentimiz
Qo‘shrabot tumaniga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tumanning tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash uchun
60 milliard so‘m ajratilmoqda.
“Oqtepa” hududidagi
5 ta mahallada 3 ming xonadon uzum yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, “Oqchopsoy” hududida o‘rmon fondidagi 7
00 gektar yer bo‘sh turibdi.
Tuman rahbarlariga ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, joriy yilda
300 gektarda “in-vitro” uzumzor, 800 gektarda intensiv tokzor tashkil etish,
3,5 ming gektar uzumzorni shpalerga o‘tkazish,
18 ta mahalla aholisini uzumchilikka o‘rgatish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi imkoniyatlar ko‘rib chiqilar ekan, tumanning infratuzilma bor joylaridagi
12 ta traktor parkini 8 gektar yeri bo‘sh turgani,
“Bo‘ston-1” nasos stansiyasi ta’mirlansa, 1 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanishi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, hokimlik zaxirasidagi
830 gektar paxta va g‘alla yeri 3-4 oydan beri auksionda turgani, bu yerlarni odamlarga qulay shartlarda taklif qilish mumkinligi qayd etildi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram