Viloyatdagi
magistral yo‘llarning 34 kilometri Narpaydan o‘tgani savdo va servisni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat ekani ta’kidlandi. Lekin yo‘l bo‘ylarida 10-15 ta kichik servis shoxobchasidan boshqa
odamlarni jalb qiladigan birorta joy yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, Mirbozor chorrahasidan kuniga
60 ming transport o‘tadi. Lekin bu yerdagi yo‘l tor bo‘lgani uchun
2 kilometrgacha tirbandlik yuzaga kelmoqda.
Qurilish uchun xomashyo zaxiralarining to‘rtdan biri Narpayda joylashgan bo‘lsa-da, qurilish materiali bo‘yicha
birorta yirik korxona yo‘qligi qayd etildi.
Tuman sanoatining viloyatdagi ulushi
2 foiz. Hududidan
36 kilometr temir yo‘l o‘tgan, 21 gektarli kichik sanoat zonalari bo‘lgan tumanga bu ko‘rsatkichlar yarashmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Samarqanddagi
suvli yerlarning qariyb 10 foizi ushbu tumanga to‘g‘ri keladi. Biroq
Narpay viloyatdagi qishloq xo‘jaligining 5 foizini ham bermaydi.
Tuman mutasaddilariga shu va boshqa muammoli masalalarni hal qilish yo‘llari ko‘rsatib berildi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram