“Biz Vatanimiz kuch-qudratini oshirish, har bir oila va har bir insonning hayotini yaxshilash bo‘yicha yanada katta marralarni olganmiz. Bugun hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, bunga yana bir bor ishonch hosil qildim.
Ayni paytda shuni yaxshi anglashimiz kerak, endi kechagi harakat bugunga, bugungisi esa ertangi kun talabiga kamlik qiladi. Shu bois, belgilab olgan marralarga erishish uchun yanada samarali harakat qilishimiz
zarur”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Samarqand
ishsizlik, kambag‘allik, investitsiya, eksport masalalari, umuman, barcha sohada namunaviy viloyat bo‘lishi shartligi qayd etildi.
Viloyatda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun
100 million dollar, Urgut tumanining o‘ziga yana
50 million dollar ajratildi. Umuman, viloyatga barcha manbalar hisobidan
11 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda. Tadbirkorlarga kredit uchun yana
18 trillion so‘m resurs berilmoqda.
Hajmi jihatidan bu miqdordagi mablag‘ har qachongidan ko’ra ko’proq ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram