O‘zbekiston
2030-yilga qadar ishlab chiqarishni
oltinda 175 tonnaga, kumushda 500 tonnaga, uranda 15 ming tonnaga, misda 500 ming tonnaga yetkazishni maqsad qilgan.
Bu borada amalga oshirilayotgan
22 milliard dollarlik loyihalar doirasida yaratiladigan
40 mingga yaqin yuqori daromadli ish o‘rinlari yoshlar uchun katta imkoniyat bo‘ladi.
“Hozir respublika faollariga murojaat qilmoqchiman. Yoshlarga yetkazinglar: o‘qisin, izlansin, bunday korxonalarda ishlab, hayotda munosib o‘rnini topsin
!”
– dedi Prezidentimiz.
Bugun ishga tushirilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi
Yangi O‘zbekistonning tog‘-kon va metallurgiya sanoatini yangi texnologik bosqichga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Davlatimiz rahbari fabrikani qurishda faol ishtirok etayotgan
barcha ishchi-xodimlar, quruvchi va mashinistlar, muhandis va texnologlar, geolog va konchilar, o‘zining tajribasi va kasbiy salohiyati bilan yoshlarga ustozlik qilayotgan
faxriylar, loyihaga o‘z hissasini qo‘shayotgan
xorijiy hamkorlarga chuqur minnatdorchilik bildirdi. Fabrikaning yangi mehnat jamoasiga esa kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi.
Marosimda kombinat ishchilari, mehnat faxriylari, professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqdi. Prezidentimiz fabrika faoliyatiga start berdi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram