Bundan tashqari,
qiymati 2,5 milliard dollarlik yangi mis eritish zavodini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgani e’lon qilindi. Mazkur korxonada ham
mingdan ziyod ish o‘rinlari bo‘ladi.
Umuman,
ushbu ikkita yirik quvvatlar hisobiga
mis katodi ishlab chiqarishning yillik hajmi 300 ming tonnaga, oltin 33 tonnaga, kumush 203 tonnaga, molibden 1,7 ming tonnaga yetadi.
Shu bilan birga,
uran qazib olish va kimyo sanoati uchun zarur xomashyo bo‘lgan
sulfat kislotasi ishlab chiqarish 3 karra oshadi.
Bu yiliga kombinatga
qo‘shimcha 5 milliard dollar tushum degani.
Prezidentimiz kombinat bo‘yicha hali rejalar katta ekanini ta’kidladi. Yuqorida aytilgan ko‘rsatkichlarni
yana 1,5 karra oshirishga xizmat qiladigan
4-mis boyitish fabrikasi bo‘yicha loyihaoldi ishlari jadal ketayotgani qayd etildi.
Ushbu yangi loyihalar ishga tushganida
Olmaliq kombinati mis ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi uchta eng yirik kompleksdan biriga aylanadi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram